Nokning shifobaxshligi
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2016-06-28 16:50:12
- 0
- 0
- 6442
Nok shifobaxsh mevalardan biri bo‘lib, odamning chanqog‘ini bosuvchi, kayfiyatini ko‘taruvchi xususiyatga ega. Uni ovqatdan 30 50 daqiqa keyin iste’mol qilish lozim.
Nok yurak-qon tomir tizimini tetiklashtirib, buyrak va peshob pufagi yallig‘lanishining oldini oladi. Shuningdek, jigar va qandli diabet kasalliklarida, semizlikning oldini olishda kuniga 3 4 dona yaxshi pishgan nokdan tanovul qilinsa, shifo bo‘ladi. Agar bemorning qon bosimi ko‘tarilsa, bir piyola quritilgan nok va o‘rik mevasini aralashtirgan holda ustiga suv solib, o‘rta olovda qaynatiladi hamda tindirib qo‘yiladi. So‘ng undan har kuni 3 4 mahal yarim piyoladan ichish lozim.
Bod kasalligi bezovta qilganda ham uning damlamasi foydalidir. Buning uchun quritilgan, maydalangan nokdan 2 choy qoshiq olib, ustiga 1 piyola qaynoq suv quyiladi. 2 soat davomida tindirilgach, kuniga uch mahal 1 2 oshqoshiqdan ichiladi. Xolesistit (o‘t pufagi yallig‘lanishi)da har kuni nahorda bu mevadan ikki dona tanovul qilish yoki yovvoyi nokdan tayyorlangan, shakar solinmagan sharbatidan ichish yaxshi foyda beradi.
Diqqat ! Oshqozon hazm qilish a’zolari kasallangan odamlarga uni yeyish mumkin emas.