Uy bekalari uchun
- Muallif: Malika
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-09-16 09:40:10
- 0
- 0
- 8348
Smetana...
Agar pishiriq xamiriga smetana ishlatayotgan bo'lsangiz, tuxum oqini qo'shib, ko'pirtiring. Sovuq idishda tuxum oqi va smetana yaxshi ko`piradi.
Pishloq...
To`g’ralgan pishloq bo`laklarini likopchaga solib, ozgina shakar seping. Keyin ustidan likopchani yopib saqlang. Shunda u yangidek turadi, suvi qochib, qurib qolmaydi. Pishloq yumshoq va yangidek bo'lishi uchun ularni sutga solib olish ham mumkin.
Oshirilgan xamir...
Pishiriqlar yumshoq va yaxshi ko'tarilib pishishi uchun oshirma xamirga qaynatib, qirg’ichdan o'tkazilgan kartoshka qo'shing. Masalan, 1 kg. unga 2-3 dona qaynatilgan kartoshka qo'shish mumkin.
Go'sht...
Go'shtni gaz pechida pishirayotganda uning sho'rva yoki qaynagan suv quyib turing. Sovuq suv quysangiz, qattiq bo'lib pishadi.