Kislorodli kokteylning inson organizmi uchun foyda va zararlari
- Muallif: Malika
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2016-08-08 12:06:22
- 0
- 0
- 7282
Yengil ichimlik hisoblangan kislorodli kokteyl kislorod yetishmovchiligiga qarshi kurashish vositasi sifatida tibbiy muassasalar, davolash sanatoriyalari, o‘quv muassasalari va bolalar bog‘chalarida qo‘llanib kelinmoqda. Ichimlik kamqonlikni davolash, shuningdek, uning oldini olishning ishonchli vositasi sifatida katta muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda.
Kislorodli kokteyl. Bu nima?
Uning muallifi rossiyalik akademikdir. Kislorodli kokteylning asosi tabiiy sharbatdan iborat bo‘lib, uning tarkibiga mevalar eti ham, turli qo‘shimchalar ham qo‘shilmaydi. U o‘tlar yoki mineral suv asosida tayyorlanishi mumkin, muhimi uning maxsus qurilma yordamida kislorod bilan yaxshi ta’minlanishidir. Ta’kidlash joizki, kislorodli kokteylning ta’mi va hidi o‘ziga xosdir, aynan shuning uchun u kattayu-kichik xush ko‘radigan ichimlikka aylangan.
Kislorodli kokteylning foydali xususiyatlari:
– Kokteylni bir kurs qabul qilish (10 kun davomida muntazam bittadan kokteyl ichish) organizmning vitaminlashgan va mineral moddalar, kislorod porsiyasi to‘plami bilan bir vaqtning o‘zida to‘yinishiga olib keladi;
– Kislorodli kokteylni bir marta iste’mol qilish inson organizmi umumiy ahvolini samarali normallashtirib, charchoqni bartaraf etadi;
– Kokteyl surunkali charchoq, doimiy uyqusizlik va hayotga nisbatan loqaydsizlik holatlarida juda foydali hisoblanadi;
– Ichimlikni muntazam iste’mol qilish turli respirator xastaliklarga tez-tez chalinishning oldini olishda yordam berishi isbotlangan;
– Uni bir kurs qabul qilish barcha almashuv jarayonlarini faollashtirib, tomirlarning qon bilan ta’minlanishini yaxshilab, organizm immun kuchlarini mustahkamlab, asab buzilishlariga qarshiligini oshiradi;
– Kislorodli kokteyllar mutaxassislar tomonidan yosh bolalarga ular faol o‘sayotgan davrda, yomon ekologik sharoitga ega bo‘lgan shaharlar aholisiga, shuningdek, asab buzilishlaridan aziyat chekuvchi bemorlarga tavsiya etiladi.
Kislorodli kokteylning zarari
Kislorodli kokteyl sifatsiz tayyorlangan taqdirda inson organizmiga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun uni xarid qilishdan avval uning tarkibiga nimalar kirishini aniqlab olishingiz kerak. Masalan, xom tuxum oqi salmonellyozga chalinish ehtimoli tufayli kishi sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Kislorodli kokteylni noto‘g‘ri iste’mol qilish ham organizm uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ichimlikni iste’mol qilishning to‘g‘ri yo‘li — uni kichkina qoshiqcha bilan iste’mol qilish. Agar u ichimlik ichish uchun mo‘ljallangan trubochka yordamida ichilsa, qizilo‘ngach shilliq pardasini kuydirishi mumkin.
Quyidagi xastaliklari mavjud kishilarga uni ichish qat’iy taqiqlanadi:
– Siydik yoki o‘t pufagida toshi bo‘lgan;
– kokteyl tarkibidagi moddalarga allergiyasi bo‘lgan;
– astma (kuchaygan bosqichda);
– nafas olish bilan bog‘liq yetishmovchilik;
– oshqozon-ichak traktining ba’zi kasalliklari (yara va oshqozondagi uzilishlar).
Kislorodli kokteylning bo‘lajak ona va uning farzandi uchun foydasi beqiyosdir. Biroq uni mustaqil ravishda ichishdan avval ayollar albatta o‘z davolovchi ginekologi bilan maslahatlashishi lozim.