Chiroyli kwrinishning 5 sharti
- Muallif: Malika
- Toifa: Moda va uslub
- 2015-09-16 09:54:13
- 0
- 0
- 17876
Kechagina urfga kirgani uchun xarid qilgan ko‘ylagimizning ohori to‘kilmasdan turib, bugun undan-da yangi bichimdagi libos podiumlarda namoyish qilina boshlaydi. Shu sababli ayollarda kiyinish borasida ko‘pgina savollar tug‘iladi. Ulardan ayrimlariga dizayner Rayhona MUHSINOVA javob beradi.
Aksessuardan foydalanish mahorat talab etadi
Ayni kunlarda aksessuarlarga bo‘lgan e'tibor anchayin ortgan. Shu bois oyoq kiyim, kamar, sumka, sharf va taqinchoq kabilarga qo‘rqmay pul sarflashingiz mumkin. Eksklyuziv liboslar qimmat, shuning uchun aynan aksessuarlar joningizga oro kirishi tayin. Negaki ular yordamida turli obrazlar yaratish mumkin. Aksessuar sotib olishda shkafingizdagi liboslarning rangini hamda ularga usluban mutanosib keladiganlarini tanlang. Іozir kulrang libos bilan qora yoki jigarrang aksessuarlardan foydalanish aktual hisoblanali.
Pidjak hammada bo‘lishi shart!
Pidjakning qulayligi shundaki, uni ofis, tungi bazm, sayr va oilaviy kechalarga ko‘ylak ustidan kiyish mumkin. Ya'ni bir dona pidjakdan turli xil obrazlar yaratish imkoni bor. Gulli matodan tikilgan pidjak ostidan faqat sidirg‘a matoli liboslar kiyilishi lozim. Grafik suratlar tushirilgan pidjak bilan yo‘l-yo‘l yoki sidirg‘a yubka-ko‘ylaklar kiyiladi. Sidirg‘a matoli pidjaklar universal bo‘lib, ular bilan, hatto, bazm ko‘ylaklarini ham moslashtirish mumkin.
Kechqurun oq tufli kiya ko‘rmang!
Oyoq kiyim qaddimizni tik tutishga yordam berish bilan birga qadam bosishimizga ta'sir ko‘rsatadi. Іozir do‘konlardan ertalabdan kechgacha kiyish mumkin bo‘lgan tuflilarni topish mushkul emas. Kuz mavsumining eng ommabop poyabzali botilonlardir. Ayniqsa, zamsh teridan tikilganlari. Shim yoki kolgotka rangidagi poyafzal qomatni vizual uzunlashtirib ko‘rsatadi. Oq rangdagi tuflini esa uzog‘i bilan soat 17-00ga qadar kiyish mumkin, moda qoidalariga ko‘ra uni kechki payt kiyish tavsiya etilmaydi.
Jinsi hammabop kiyim
Zamonaviy uslubni jinsi yubka va shimsiz tasavvur qilish qiyin. Eng yaxshi jinsi shim – qomatga mos tushgan bichimlisidir. Futbolka yoki tunika bilan jinsi kundalik obraz, oq bluzka, jaket va qayiqcha shaklidagi tufli bilan kiyilgani esa ishbilarmon obrazni yaratishda qo‘l keladi. Tor jinsi shim tanlash xuddi tanani plastik operatsiya qilishga o‘xshaydi. Ular qomatni judayam sarvqomat qilib ko‘rsatishi yoki butunlay buzib qo‘yishi mumkin... Bu mavsumda jinsi shimlardan tashqari, ushbu matodan tikilgan yoqali ko‘ylak hamda sarafanlar ham urfda.
Moda yosh tanlaydi!?
Klassik uslubdagi liboslarni kiyish uchun yosh borasida cheklovlar yo‘q. Qalamcha shaklidagi qora yubka, qora kostyum, oq ko‘ylak, qora shim, yorqin rangli ro‘molcha, baland poshna tufli hamda kichik sumka-klatch — klassik uslub asosini tashkil etadi. Bunday kiyimlar ayolni jozibali va bashang ko‘rsatishi aniq. Kiyimlar mutanosibligi va egningizda qanday turishiga e'tiborli bo‘ling. Mumtoz uslubda yubka yoki ko‘ylak tanangizga yopishib turishi turishi shart emas. Agar harakatlanganingizda ularning etagi tepaga ko‘tarilib ketayotgan bo‘lsa, demak, sizga bitta katta o‘lchamdagi libos yoki umuman boshqa bichimdagisi kerak.