Ichimliklarning foydasi haqida bilasizmi
- Muallif: Malika
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-09-17 10:39:59
- 0
- 0
- 12436
Soya suti Foydasi: yurak qon-tomir kasalliklari paydo bo'lishi xavfini
kamaytiradi. Soya suti tarkibidagi ozuqa tolalari va oqsillar
organizmdagi "yomon" xolesterin va triglitseridlar darajasini
pasaytiradi. Ammo, agar siz sigir sutini soya sutiga to'liq
almashtirishni istasangiz, sizga kaltsiy hamda A va D vitaminlari
yetishmay qolishi mumkin. Bu holda ushbu mikroelementlar bilan
boyitilgan soya sutini xarid qilsangiz bo'ladi. Soyada fitoestrogenlar
bor bo'lib, ular ko'krak saratoni paydo bo'lishi xavfi bilan bog'liq
bo'lishi mumkin. Agar oilangizda kimdir bu kasallik bilan og'rigan
bo'lsa, unda soya sutini iste'mol qilish borasida shifokor bilan
maslahatlashgan ma'qul. Kaloriyalar: 250 gr mahsulotda 81 kkal.
Issiq
shokolad yoki kakao Foydasi: kayfiyatni yaxshilaydi va yurak qon-tomir
kasalliklari paydo bo'lishidan himoya qiladi. Xo'sh, mazkur mahsulotga
nimalar foydali xususiyatlarni beradi? Kakaoda hujayralarni erkin
radikallarning ta'siridan himoya qiladigan ko'p miqdorda polifenollar
mavjud. Issiq shokoladni iste'mol qilish serotonin gormoni ishlab
chiqarilishini oshiradi, uning organizmda kam miqdorda bo'lishi esa
kayfiyatga yomon ta'sir qiladi. Kaloriyalar: 250 gr tayyor mahsulotda
taxminan 195 kkal va kukunli aralashmada 115 kkal bor.
Tuzsiz
pomidor sharbati Foydasi: saraton kasalligining ko'pgina shakllaridan
himoya qiladi. Ma'lumki, yangi uzilgan pomidorni qayta ishlash
natijasida hosil bo'lgan mahsulotlarda likopen moddasi pomidorning
o'ziga qaraganda ko'p miqdorda bo'ladi. Likopen quyidagi organlar
saratoni paydo bo'lishi xavfini kamaytiradi: og'iz bo'shlig'i, o'pka,
oshqozon, jigar, ko'krak bezlari, bachadon bo'yinchasi, to'g'ri ichak.
Bundan tashqari, likopen yurakni erkin radikallarning ta'siridan himoya
qiladi va bu bilan yurak qon-tomir kasalliklari paydo bo'lishi
ehtimolini kamaytiradi. Kaloriyalar: 250 g mahsulotda 3 kkal mavjud.
Klyukva
sharbati Foydasi: milk kasalligining oldini oladi, siydik yo'llari
infektsiyalariga qarshi yordam beradi. Ammo sharbatda ko'p hollarda qand
moddasi bo'ladi, shu bois qandsiz 100% sharbatni tanlang yoki uni
kuniga faqat bir stakandan iching. Kaloriyalar: 250 gr mahsulotda 140
kkal mavjud.
Apelsin
sharbati Foydasi: sharbat tarkibidagi C vitamini immunitetni oshiradi,
ko'plab kasalliklardan himoya qiladi, shu jumladan katarakta va saraton
xastaligidan ham. Apelsin sharbati homila rivojidagi buzilishlarning
oldini olishda zarur bo'ladigan foliy kislotasining manbai hisoblanadi.
Kaloriyalar: 250 gr mahsulotda 115 kkal mavjud.
Ushbu ichimliklar sog'lom hayot tarzi va muvozanatlashtirilgan ovqatlanishning ajralmas qismi hisoblanadi.