Banan — tushkunlikka qarshi samarali vositadir


  • Banan tushkunlikka qarshi samarali vositadir. Chunki uning tarkibida ko‘p miqdorda triptofan moddasi bo‘lib, u organizmda serotonin - baxtiyorlik gormonini ishlab chiqaradi. Shuning uchun banan yeb, kayfiyatni osongina ko‘tarish mumkin.
  • Banan, hattoki, chaqaloqlarda ham allergiya bermaydigan meva hisoblanadi.
  • Suyaklarni mustahkamlaydi. Bananlar organizmdagi kaltsiyni ushlab qoladi. Bu, ayniqsa, qahva ichishni yoqtiradiganlar uchun muhimdir, chunki qahva organizmdan kaltsiyni yuvib chiqaradi.
  • Ichak mikroflorasini yaxshilaydi. Banan yeganda asosiy ovqat bilan organizmga tushuvchi uning tarkibidagi fermentlar tufayli ovqat tezroq hazm bo‘ladi.
  • Bu meva ich qotishidan aziyat chekuvchilar uchun juda foydali. Ularni muntazam ravishda iste’mol qilish sizni bu muammodan xalos etadi.
  • Jig‘ildon qaynashi muammosini bir dona banan bilan bartaraf etish mumkin!
  • Banan iste’mol qilganda u oshqozon devorlarini o‘rab oladi va shu tariqa uni oshqozon shilliq pardasini agressiv moddalar va ozuqadagi kislotalardan saqlaydi. Bu esa oshqozondagi yaralarning bitishiga va to‘qimalarning tez tiklanishiga yordam beradi.
  • Bu meva tarkibida kaliy moddasi ko‘p miqdorda bo‘lib, jismoniy mashg‘ulot bilan muntazam shug‘ullanuvchilarga oyoq mushaklari tortishib qolishi holatlarining oldini olishda yordam beradi.
  • Yaxshi quvvat manbai! Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish oldidan banan iste’mol qilisangiz, ishingiz unishi turgan gap. Banan organizmdagi shakar miqdorining tez ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaydi va tanadagi quvvat ketmaydi.
  • Banan ayollar uchun foydali. Banan tarkibidagi serotonin hayz ko‘rish davrida ayollarning yomon kayfiyat va yoqimsiz holatlardan holi bo‘lishlariga yordam beradi.