Shifobaxsh asalni kuniga tanovul qilishning 6 foydasi
- Muallif: Malika
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2017-02-23 17:25:32
- 0
- 0
- 9592
Asal qadim zamonlardan inson tanasi uchun eng foydali mahsulotlardan biri hisoblangan. Tarkibida zaruriy fermentlarning yuqori miqdori va tabiiy asalning qarishni sekinlashtirish qobiliyati, shifobaxsh xususiyatlari uni supertaom sifatida qadrlanishiga asos bo‘lgan. Hozirda, bizlar ajdodlarimiz rioya qilgan tabiiy ovqatlanish qoidalarini tiklashga urinmoqdamiz. Shunday ekan, har kuni asal (albatta tabiiysini) iste’mol qilishni kundalik hayotingizga joriy qila olsangiz, qanday ijobiy natijalarga erishish mumkinligi borasida ma’lumotlarni taqdim etamiz.
Teringiz tozalanadi. Asal tabiiy antioksidant hisoblangani bois, tananing ortiqcha toksinlardan xoli bo‘lishiga yordam beradi. U o‘zining antibakterial xususiyatlariga ko‘ra, teringizni soflashtiradi va tiniqlashtiradi.
Vazn tashlashni istaganlar ham asal tanovulini hayotlariga tatbiq etishlari mumkin. Asaldagi shakar, bizlar iste’mol qiluvchi oq shakar yoki qanddan farq qiladi. Shunday ekan, shokolad yoki shirin gazli ichimliklar o‘rniga asal yeyishga o‘rganing. Natijasini tezda payqaysiz.
Qon tarkibidagi shakar miqdorini kamaytiradi. Asal haqiqatdan ham katta miqdorda shakarga ega. Ammo, fruktoza va glyukozaning ajoyib mutanosibligi sababli, inson tanasi qondagi shakar miqdorini mustaqil ravishda boshqara oladi. Bu hali hammasi emas. Bunga qo‘shimcha ravishda, tanadagi xolesterin miqdori kamayadi.
Asaldagi flavonoidlar (inson tanasiga taom tarkibida tushib, ko‘plab fermentlar faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli xalq va rasmiy tabobatda keng qo‘llaniladi) va antioksidantlar yurak-qon kasalliklarining oldini olishga yordam beradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, asal xolesterinning oksidlanish jarayonini sekinlashtiradi, shu bilan insultga uchrash ehtimolini jiddiy ravishda kamaytiradi.
Asalni iliq suvga aralashtirib iste’mol qilish ovqat hazm qilish tizimidagi toksinlar va zararli chiqindilarni yuvishning eng samarali usulidir. Bu esa uy sharoitida tanani tozalashning eng arzon va oddiy yo‘lidir.
Asal inson immuntizimiga ajoyib ta’sir ko‘rsatishi bilan ham o‘ziga xosdir. Asosiysi, bunda siz sof, organik (tabiiy), vitamin va minerallar, fermentlarga boy asalni xarid qiling. U sizni ko‘plab salbiy bakteriyalardan asrashiga kafolat beramiz.