«Modern» oshxona
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Toifa: Shinam uy
- 2015-09-18 11:43:45
- 0
- 0
- 12606
Zamonaviy dunyoda dizaynerlar barcha qulayliklarni ayollar uchun yaratayotganday, go‘yo. Bu xoh pardoz vositalari bo‘lsin, xoh uy tozalovchi qurilmalar bo‘lsin, barchasi ayollar uchun. Asosiysi, u barchani quvontirib, shirin taomlar pishirsa bas. Pazanda ayol oila a'zolarini xursand qilibgina qolmay, avvalam bor o‘zi xursand bo‘ladi. Agar anjomlari soz bo‘lsa, nur ustiga nur! Qo‘ligul, pazanda uy bekalari uchun dizaynerlar qanday yangiliklar o‘ylab topishganini ko‘rib chiqaylik...
1. Ko‘katkesgich qaychi
Bunday noan'anaviy qaychi o‘z ichiga beshta bir-biriga parallel joylashgan pistatishni oladi. Shu tufayli ko‘kat kesish jarayoni 5 barobar tezlashadi.
2. Tuxum uchun toster
Tuxum qaynatish uchun maxsus moslama, tuxumni bug‘da pishirish uchun mo‘ljallangan. Buning uchun shunchaki vaqtni belgilab, suyuq yoki quyuq qilib pishirilgan tuxum yeyishingiz mumkin.
3. Kartoshkatozalagich
Ushbu qurilma sizni zerikarli ishdan halos etib, qo‘llaringizni asraydi. Buning uchun kartoshkani qurilmaga joylab, dastani aylantiring xalos.
4. Banan to‘g‘ragich
Bananni bir tekis bo‘laklarga kesish uchun moslangan qurilma. O‘tkir pistalari sababli bir deganda bir necha bir xil bo‘lakchalarga ega bo‘lish mumkin.
5. Jo‘xori tozalagich
Jo‘xori donachalarini so‘tasidan ajratish juda mushkul ish. Lekin bunday moslamalar yordamida ularni nafaqat qulay, balki juda tez tozalashingiz ham mumkin.
6. Yog‘ surtgich
Quymoq qovurganda yoki listni yog‘laganda buni qulay va toza usulda qilishingiz mumkin. Bu dizayn oshxonada yog‘ solingan ortiqcha idishlardan sizni halos etib, ishingizni ham osonlashtiradi.
7. Barmoqlar himoyalagichi
Nafaqat no‘noq uy beka, balki professional oshpazlar ham barmoqlarini kesib oladilar. Aynan shunday vaziyatlardan ehtiyotlanish uchun uy himoya dastasini taqib oling va kerakli mahsulotlarni qo‘rqmay to‘g‘rang.
8. Danak tozalagich
Murabbo pishirganda juda ko‘p uy bekalari danaklarni donalaridan ajratishda qiynalibgina qolmay, vaqtlarini ham sarflashadi. Buning ham yechimi topildi. Dizaynerlar danaklarni donalaridan ehtiyotkorlik bilan ajratib beruvchi moslama ishlab chiqishdi. Endi murabbolarni qiyinchiliksiz pishira olasiz.