Atirni to‘g‘ri sepishni o‘rganamiz


Odamlar nima uchun atirdan foydalanadi? Ularning vazifalari to‘g‘risida har bir kishi o‘z fikr va mulohazalariga egadir.

Lekin biz bu masalaga ko‘proq amaliy yondashmoqchimiz. Maqsadga muvofiqlik nuqtai-nazari bilan qaraganda atirlardan qanday foydalanish kerak?

Tomir uruvchi joylar

Gap qon oqishi faolroq bo‘lgan va iliq nuqtalar to‘g‘risida boryapti. Aynan shu yerda xushbo‘y hidlar jadalroq bo‘ladi va uzoqroq saqlanadi. Aniqrog‘i:

  • uyqu arteriyasi;
  • bilaklarning ichki tomoni;
  • tizza va tirsaklarning bukilish joyi;
  • quloqlarning orqa sohalari;
  • chakkalar;
  • bo‘yin sohasi.

Atirni qanday sepgan yaxshi?

Atir ketishi qiyin bo‘lgan dog‘lar qoldirish xususiyatiga ega. Shuningdek ular marvarid va boshqa qimmatbaho metallarga har doim ham foydali bo‘lavermaydi. Shuning uchun ularni taqinchoqlar va kiyimlarni kiyishdan oldin seping. Agar siz kiyimlaringizdan ham bu xushbo‘y hidning kelib turishini xohlasangiz, atirni me’yorida va ehtiyotlik bilan ishlating.

Sochlardagi atir

Kun bo‘yi xushbo‘y hidni saqlab qolish uchun uni sochlaringizga sepsangiz bo‘ladi. Buni boshingizni yuvgandan keyin darrov qilish yaramaydi: hidning xossalari o‘zgarib ketmasligi uchun biroz vaqt kuting. Atirni sochlaringizdan 20 santimetr uzoqlikdagi masofadan seping – aks holda sochlaringiz qurib qoladi.

Qanday qilib xushbo‘y hidni uzoqroq saqlash mumkin?

Bunda sizga atir sepishdan oldin surilgan hidsiz namlantiruvchi krem yordam beradi. Shu yo‘l bilan siz teri teshikchalariga atir tushishining oldini olasiz, xushbo‘y hid esa uzoqroq saqlanadi.


Teglar: maslahat