Lazzatli taomlar
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-09-18 11:53:43
- 0
- 0
- 31238
Tinib-tinchimas ayollar taomlarni ham noan'anaviy usulda dasturxonga tortish uchun har xil g‘oyalar o‘ylab topishadi. Ijodkor pazandalarimiz ulashgan retseptlarini taqdim etamiz. Siz ham o‘zingizni sinab ko‘ring va o‘z ijod namunalaringiz bilan ulashing.
1. “Romashka” balishi
Ushbu yumshoq balish tayyor qatlama xamirdan pishiriladi. Nonushtabop pishiriq uchun qaynatilgan sosiska, tuxum, pishloq, po‘stidan tozalangan pomidar (istakka ko‘ra zaytun donachalari) hamda mayonez kerak bo‘ladi.
Suratlar ketma-ketligida ko‘rsatilganidek, shaklga keltiriladi va 180 haroratli gaz pechida 30 daqiqa davomida pishiriladi.
2. “Pishloqli tartaletkalar”
Gazakni oddiy likopchada emas, pishloqdi maxsus “idish”da dasturxonga tortish mumkin. Buning uchun pishloqni qirg‘ichdan chiqarib, bir oshqoshiq sut bilan aralashtiring va tovada qumoq kabi ingichka asosda qovurib oling. Issiqqina pishloqli quymoq stakanga yotqizilgancha shu asnoda qotiriladi. Tayyor tartaletkalar ichi istalgan gazak bilan to‘ldiriladi.
3. “Gulsomsa”
Mehmonlarni hayratda qoldirmoqchimisiz? U holda oddiygina qatlama xamirni gul ko‘rinishida tuging. Bunday pishiriqni har xil qiyma bilan pishirishingiz mumkin. Masalan, murabbo va yong‘oq aralashmasidan tayyorlangan aralashma ham, go‘sht qiymasi, dumba, to‘g‘ralgan piyoz va kartoshkadan tayyorlangan qiyma ham to‘g‘ri keladi. Pishiriq 25 daqiqada pishadi.
4. “Bedabarg”
Xamirturush solib, yumshoq xamir qoring. Tingan xamirni ingichka yoyib, ichiga kolbasa bo‘lagini solib tuging. Keyin pichoqda to‘rt tomonidadan kesmalar hosil qilib, qolgan to‘rt yonidagi kichikroq kesmalarni shu yo‘sinda kesib chiqing. Kichikroq kesmalar uchini barmoqlaringizda oching. Ostiga ikki uchini yopishtiring va ustini barmoqlaringizda yengil bosib to‘g‘rilab chiqing. Bedanabarglar 180 haroratli gaz pechida 30 daqiqa davomida pishadi.