Bananlarni iste’mol qilishning 10 ta sababi


Bananlar eng shirin va foydali mevalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa sog‘lom turmush tarzini yuritishni istayotganlar esa o‘zlarining kundalik ratsionlariga bananni qo‘shishlari maqsadga muvofiq.

Quyida har kunni bananni iste’mol qilishning asosiy sabablari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tamiz.

1. Sog‘lom taom

Tan olishimiz kerakki ko‘pchiligimiz bananlarni birinchi navbatda uning foydali xususiyatlariga qarmasadan ajoyib tamaddi qilish vositasi sifatida xush ko‘ramiz. Sababi undan keyin biz anchagacha o‘zimizni to‘q his qilamiz. Bitta o‘rtacha banan 100 kaloriya va ko‘p miqdorda kletchatkadan iborat.

2. Jismoniy mashqlardan oldin va keyin

Yuqori energetik quvvatga ega ekanligi tufayli bananni jismoniy mashqlardan oldin va keyin iste’mol qilish mumkin. Aynan shu meva qon tarkibidagi shakar miqdorini normallashtiradi, jismoniy mashqlardan so‘ng mushaklar tortishishidan xalos qiladi va yana qo‘shimcha quvvat beradi.

3. Vitaminlarga boy

Bananlar qimmatbaho vitaminlardan tashkil topgan bo‘lib, ular qatoriga Ye, S, RR guruh vitaminlari, karotin hamda juda ko‘p miqdorda V6 vitamini kiradi. Aynan shu vitamin bevosita bizning kayfiyatimizga ta’sir qiladi hamda charchashni oldini olishga yordam berib, asab tizimini mustahkamlaydi.

4. Antidepressant

Agar sizda quvvatsizlik alomatlari paydo bo‘lishini his qilayotgan bo‘lsangiz, kayfiyatingiz salbiy tomonga tushib ketgan bo‘lsa, unda turli shirinliklar to‘g‘risidagi fikrlarni bir chetga qo‘yib, banan iste’mol qilishni boshlang. Bu mevalarda organizmimiz tomonidan xursandchilik gormoni hisoblanmish serotoninni ishlab chiqarilishiga javob beruvchi ko‘p miqdorda triptofan moddasi mavjud.

5. Teri va suyaklar uchun foydali

Bananlar nafaqat mushaklar va ish faoliyati samaradorligining oshishi uchun foydali bo‘lishi bilan birga, ularning tarkibida suyaklarimizni mustahkam qiluvchi kaltsiy hamda organizmimizdagi og‘ir metallar va toksinlarning chiqishiga yordam beruvchi ko‘plab pektin moddasi mavjud. Aynan shuning uchun bananlar sog‘lom va chiroyli qomatga erishishni xohlovchilar uchun qimmatbaho mevalar qatoridan o‘rin olgan.

6. Yurak uchun foydali

Banalar yurak uchun foydali bo‘lgan asosiy kaliy mineral moddasiga juda boy hisoblanadi. Shunga ushbu mevalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurak-qon tomir tizimini tiklash, qon bosimini normallashtirish va yurak xuruji xavfini kamaytirish uchun mas’ul. Bundan tashqari, bananlar temir moddasiga boy bo‘lib, qonda gemoglabin ko‘tarilishiga yordam beradi.

7. Yuqori ish samaradorligini

Bananlar qon tomirlari mikrotsirkulyatsiyasini normallashtirish orqali yurak - qon tomir tizimi hamda aqliy faoliyatga ijobiy ta’sir qiladi. Olimlar bir necha marotaba bananlar e’tibor va ish faoliyatini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy mahsulotlardan biri ekanligini isbotlashgan.

8. Yengil tamaddi

Ko‘pincha oshqozon bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekadigan odamlar bananlarga beparvo bo‘lishlari kerak emas. Sababi kislotaga qarshi bo‘lgan ta’siri jig‘ildon qaynashiga qarshi kurashib, oshqozon shilliq pardasini himoya qiladi. Mevaning kletchatkaga boyligi va yumshoqligi esa ichak funktsiyasini tiklashga yordam beradi.

9. Asablarsiz

Odatda chekishni tashlashga qaror qilganlarga ushbu mevani iste’mol qilish tavsiya qilinadi: bu mevada vitaminlarning ko‘p miqdorda mavjudligi organizmda nikotin moddasining keskin yetishmasligini oldini olishga yordam beradi. Agarda sizning ishingiz emotsional jihatdan yuqori va stress holatlariga boy bo‘lsa o‘zingiz bilan yengil tamaddi sifatida bananni olib yuring. Undagi V6 vitamini qondagi glyukoza miqdorini normallashtiradi va pozitiv holda qolishga ko‘maklashadi.

10. Sevimli taom


Vitaminli smuzilarni xush ko‘ruvchilar uchun asosiy mevalardan biri hisoblanadi. Mazkur meva deyarli barcha kokteyllarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Turli bananli shirinliklar to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi.

Biz sizlarga bananlarni kuningizni nafaqat foydali balki mazali boshlash uchun ertalabki nonushtangizga bo‘tqalarga solib, tez-tez iste’mol qilishni tavsiya qilamiz.




Teglar: taom salomatlik