Lavlagini pishirish usullari
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2017-10-04 15:18:18
- 0
- 0
- 17196
Ko‘pchilik oshpazlar duxovkada tayyorlangan lavlagi qaynatilganidan ko‘ra foydaliroq ekanligini ta’kidlashadi. Duxovkada pishirilgan lavlagidan salat va sho‘rvalar mazali chiqadi.
Oshxonada buni o‘zingiz mustaqil ravishda sinovdan o‘tkazishingiz uchun lavlagini duxovkada to‘g‘ri tayyorlashning bir nechta usuli bilan tanishtiramiz. Eng osoni: lavlagini yirik to‘g‘rab, zaytun yog‘i va tuz sepib, qizdirilgan duxovkaga 20-30 daqiqa davomida pishirib oling.
Ikkinchi usuli - lavlagini folga qog‘oziga qo‘ying, yog‘ va tuz sepib, folgani yaxshilab yopib 180 gradus darajada qizdirilgan duxovkada 40-60 daqiqa davomida pishiring. Lavlagi xushbo‘y chiqishi uchun ta’bga ko‘ra ziravorlar qo‘shish ham mumkin.
Bundan tashqari lavlagini duxovkada tuz yordamida tayyorlash mumkin. 4-6 ta katta bo‘lmagan lavlagiga 2-2,5 kg yirik tuz,
4-5 band rozmarin va ozgina sariyog‘ kerak bo‘ladi. Lavlagini yaxshilab yuvib, quriting. Tuzni mayda to‘g‘ralgan rozmarin bilan aralashtiring. Tuzli aralashmani yarmini chuqur idish tagiga soling va ustiga lavlagini qo‘yib, qolgan tuzli aralashmani seping. Tuz lavlagi ustini butunlay qoplashi kerak. Idishni 180 gradus haroratda qizdirilgan duxovkaga taxminan yarim soatga qo‘ying. Davturxonga ustiga sariyog‘ surib tortiq qilish mumkin.