Sharq ayollarining 7 go‘zallik siri
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-09-18 14:40:03
- 0
- 0
- 33147
Sharq ayollari o‘zlarining sirliligi, latofati va istarasi bilan boshqa mamlakat go‘zallaridan alohida ajralib kelgan. Tabiiy go‘zallik sirlari sharq ayollariga momo va buvilardan ma'lum. Ushbu pardoz ashyolari ayollar chiroyiga chiroy qo‘shibgina qolmay, foydali jihatlari ham mavjud.
1. Surma - ko‘zlar uchun tabiiy bo‘yoq. Ushbu bo‘yoq ko‘zlar uchun eng zo‘r qalam hisoblanib, u surkalib ketmaydi va uni uyqudan oldin yuvmasa ham bo‘ladi. Surma ko‘zlarning alohida urg‘u berib, ularning te'ranligini ajratib turadi va bu bilan ularni yanada jozibador ko‘rsatadi. Zamonaviy surmalar vorakuya va gxi (tozalangan eritilgan yog‘ turi)dan tayyorlanadi. An'anaviy surma tarkibida qo‘rg‘oshin bo‘ladi, shu sababli surma harid qilayotganda uning tarkibi bilan o‘rganib chiqing.
2. Xna - kukun ko‘rinishidagi maydalangan o‘simlik bo‘lib, soch, tirnoq va tanani bo‘yashda foydalaniladi. Ushbu qadimiy urf-odatlar musulmon ayollari orasida juda keng tarqalgan bo‘lib, hech qachon urfdan chetda qolmagan. Hozirgi kunda xna deb sotilayotgan juda ko‘p mahsulotlar aslida tabiiy xna emas. Mahsulot ishlab chiqaruvchilari qora, sariq va qizg‘ish rangdagi xnalar borligini ta'kidlashadi, aslida tabiiy xna qizg‘ish-jigar rang bo‘ladi. Lekin fabrikalardan tayyorlanayotgan xnalar tarkibida zararli moddalar mavjud bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Tabiiy xnaning sochga zarari yo‘q va u sochlarni kuydirmaydi. Bugungi kundagi xnalar tarkibida katta miqdorda skipidar yoki boshqa kimyoviy moddalar mavjud, lekin an'anaviy tarzda ushbu mahsulotga limon sharbati yoki qora choy damlamasi qo‘shilgan.
3. Suv. Hatto bundan bir yarim ming yillar avval, suvsizlikdan qiynalgan Arabiston sahrolarida yashab payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) suv bilan tez-tez yuvinib turish kerakligi haqida gapirganlar. Ular nohush hid va ko‘rimsizlikni yoqtirmaganlar. Sharq ayollari yuzlarini, qo‘llarini va oyoqlarini tez-tez suv bilan yuvib turishgan. Bu nafaqat tozalik, balki yuz nurini ravshanlantiradi.
4. Zaytun moyi. Zaytun sharq ayollari orasida alohida o‘rin tutadi, uning mevachalari esa mo‘'jizaviy pardoz xususiyatlariga ega. Zaytun moyini sochlar va teriga surtib, ularning jozibasini tiklash, shuningdek, taomlarga qo‘shib iste'mol qilish ham mumkin. CHo‘milib chiqqach, ushbu moydan namlantiruvchi vosita o‘rnida teriga va sochlarga surtish mumkin. zaytun moyi terini silliqlaydi, tirnoqlarni mustahkamlaydi, sochlarni yumshatadi va kuchli yoshartiruvchi natijaga ega.
5. Misvoq. YAqinsharqda o‘suvchi “Aroq” daraxti shoxidan ko‘p asrlar ilgari tish chyotkasi o‘rnida foydalanib kelingan. Misvoqdan tishlarni tozalash va nafasni soflashda foydalanilgan. Hozirgi kunda tish pastalarining turi kengligiga qaramay, ko‘pchilik sharq ayollari ushbu o‘simlikdan hanuz foydalanib kelishadi. Zero, ushbu tabiiy vosita tishlarga zarar yetkazmay, ularni oqartirishda yordam beradi. 2003 yil bo‘lib o‘tgan tadqiqot natijalaridan shuni ko‘rish mumkinki, oddiy tish yuvish vositasiga nisbatan misvoq o‘simligi tishlarni tozalash, og‘iz bo‘shtlig‘ini zararli mikroblardan himoya qilib, tishlarni oqartirishda kuchliroq natijalarni ko‘rsatgan.
6. Mashkiambar. Maftunkor iforlardan sharq ayollari erini e'tiborini qaratishda foydalanishgan va ularning ko‘ngliga yo‘l topishgan. Quyuq asosli atirlar sharq ayollari orasida juda mashhur, zero bunday atirlar tarkibida spirt bo‘lmaydi va bunday atirlar hidi uzoq vaqt turadi.
7. Sog‘lom turmush tarzi hamda to‘g‘ri ovqatlanish. Sharq ayollari tashqi go‘zalligiga zarar yetkazmaydigan to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilib kelishgan. Zero, spirtli ichiliklar, tamaki va boshqa ta'qiqlangan narsalar nafaqat tashqi go‘zalligiga, balki sog‘lig‘iga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Zararli narsalardan cheklangan sharq ayoli sog‘lom bolani dunyoga keltiribgina qolmay, unga to‘g‘ri tarbiya beradi.
Haqiqiy sharqona tarbiya ko‘rgan ayolhechqachonnarsa, kiyim-kechakka o‘ch bo‘lmaydi. U uchun hayotning o‘tkinchi lazzatlari emas, balki yurak hotirjamligi afzalroqdir. Bu o‘z o‘rnida ayol uchun ichki go‘zallik hadya qilib, vaqtinchalik - jismoniy go‘zallikni to‘sib, umrbod go‘zallik, ya'ni qalb go‘zalligiga yo‘l ochadi.