Qomatga mos yubka - sizga qay biri yarashadi?
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Toifa: Moda va uslub
- 2015-09-21 10:19:46
- 0
- 0
- 38099
“Mini -yubka” bunday bichimdagi yubka kimlarga yarashadi?
Mini-yubka - tizzadan tepa turadigan kalta yubka.
Kimlarga yarashadi? Mini yubka tanaga yopishib turganligi bois u qomatning son qismidagi barcha kamchiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatadi. Shu sababli bunday yubkalar juda ham kelishgan tekis oyoqlarga yarashadi. Juda bo‘yi uzun ayollar qomatini bunday bichimdagi yubka nomutanosib ko‘rsatadi. Mini-yubka o‘rta bo‘yli ayollarda chiroyli ko‘rinadi.
Nimalar bilan uyg‘unlashtirish kerak? Mini-yubkani tepa qismi yopiq kiyimlar bilan uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq, masalan, kengroq sviter (juda urfbop ko‘rinadi) yoki futbolka. Shuningdek, bunday kiyimlar jamlanmasiga “lodochka” uslubidagi tufli yoki poshnasiz (bunday yubka bilan baland poshnali yoki platformadagi poyafzaldan voz keching) sodda poyafzalni tanlash joiz.
Uzunligi bo‘ksagacha bo‘lgan yubka “karandash”kimlarga yarashadi?
Yubka-“karandash” - tizzadan pastki qismi torayib ketgan.
Kimlarga yarashadi? Bunday bichimdagi yubkalar, oyoqlarning tepa qismi ochiq turishi bilan farqlidir, zero oyoq to‘piq shakli nafiya bo‘lmaganlarga tavsiya qilinadi. Boshqa tarafdan bunday bichimdagi yubkalar son qismi xushbichim bo‘lganlarga yarashadi.
Nimalar bilan uyg‘unlashtirish kerak? Bu uzunlikdagi yubkalarga, deyarli barcha uslubdagi poyafzal yarashadi: baletkalardan tortib etikkacha. Agar “karandash” bichimidagi yubkani etik bilan kiymoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi, poshnasi baland etikni tanlang. Zero, bunday kiyimlar jamlanmasi sizni xushbichim va balandroq ko‘rsatadi.
Uzunligi tizzagacha bo‘lgan yubka-karandash kimlarga yarashadi?
Uzunligi tizzagacha bo‘lgan yubka “karandash” klassik uzunlik sanaladi. Lekin hozirgi kunda modelyerlar turli xil uzunlikdagi liboslarni tavsiya qilishmoqda.
Kimlarga yarashadi? Ushbu uzunlikdagi yubka qomatni balandroq ko‘rsatadi. Bunda faqat qomatga mos belbog‘ tanlash kerak, yo‘qsa, qomatdagi kamchiliklarni yuzaga chiqarib qo‘yish holati kuzatiladi. Agar tizzangiz shakli ideal bo‘lmasa, ularni nomiga berkitib turuvchi uzunlikni tanlang.
Nimalar bilan uyg‘unlashtirish kerak? Beli ingichka, ozg‘inroq ayollar belbog‘i yuqori bichimdagi yubka tanlashlari maqsadga muvofiq. Belbog‘ qismi yuqori bichilgan yubkalar, shuningdek, oyoqlarni uzunroq ko‘rsatadi ham. Agar sonlarni semizroq ko‘rsatishni istasangiz, belbog‘ qismi pastroq bichilgan yubkalarni tanlang
Uzunligi tizzagacha bo‘lgan A-siluetali yubka kimlarga yarashadi?
A-siluetli yubka yoki trapetsiya - bel qismi ingichka, pastki qismi kengaygan bichimdagi yubka.
Kimlarga yarashadi? Juda ko‘pchiliq ayollar qomatiga yarashadi. Masalan, tos qismi xushbichim va yelkalari keng ayollar qomatini bunday yubka mutanosib ko‘rinishga keltiradi. Agar sonlar to‘laroq bo‘lsa, trapetsiya bichimidagi yubka ularni xushbichim ko‘rinishga keltiradi. Bunday bichimdagi yubka uzunligi oyoq shaklidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Lekin oyoqlari kaltaroq bo‘lganda, tizzadan past uzunlikdagi yubkalardan voz keching.
Nimalar bilan uyg‘unlashtirish kerak? Ushbu bichimning pastki qismi kengayib ketganligi sababli, qo‘shimcha hajim beradi. Shunday ekan, poshnali tufli va tepa qismi ham yubkaga mutanosib tarzda, hajimliroq tanlangani maqsadga muvofiqdir. Yo‘qsa, qomatning pastki qismi og‘irroq ko‘rinib qoladi.
Uzunligi tazzagacha bo‘lgan hurpaygan yubkalar
Hurpaygan yubkalar uslubingizga o‘ynoqi kayfiyat va romantiklik baxsh etadi.
Kimlarga yarashadi? Hurpaygan yubkalar bo‘yi uzun, sonlari xushbichim xonimlarga yarashadi. Zero, hajimdor ushbu yubka oyoqlarga qo‘shimcha hajim beradi. Ayniqsa, bu qalin matodan tikilgan yubkalarga tegishli. Agar sonlar nozik bo‘lsa, bunday yubka jozibador ko‘rinish baxsh etadi.
Nimalar bilan uyg‘unlashtirish kerak? Bir qoidani yodingizda tuting, yubka qanchalik hajimdor bo‘lsa, tepa qism uchun libosni ham unga mutanosib tarzda tanlash lozim!
Uzunligi boldirgacha bo‘lgan yubka kimlarga yurashadi?
Boldirgacha bo‘lgan uzunlikdagi yubkalar oyoqning eng hajimdor qismiga kelib tugugnligi bilan xavflidir. Shu sababli uning yarashiqli turishi oyoqlaringiz uzunligi va shakliga bog‘liqdir.
Kimlarga yarashadi? Juda ozg‘in oyoqlarga yarashmagani kabi hajimdor oyoqlarga ham yarashmaydi. Shuningdek, bunday uzunlikdagi yubkalar bo‘yi baland bo‘lmagan ayollarga tavsiya qilinmaydi. Shu sababli uzunligi boldirgacha bo‘lgan yubkalar kelishgan bo‘yi baland xonimlar qolmatini yanada nafosatli ko‘rsatadi.
Nimalar bilan uyg‘unlashtirish kerak? Poshnali nozik tuflilar bilan juda chiroyli ko‘rinadi, lekin etik bilan kiymagan ma'qul.
To‘g‘ri bichilgan maksi uzunlikdagi yubkalar kimlarga yarashadi?
Maksi uzunlikdagi yubka to‘piqqacha bo‘ladi. Aynan bu uznlikdagi yubkalar bo‘yni kaltaroq ko‘rsatadi. Yubka qirqimi (razrez) yondan, orqadan old taraflardan bo‘lishi mumkin.
Kimlarga yarashadi? Maksi yubka nuqsonli oyoqlarni juda yaxshi berkitadi. Oriqcha hajimsiz, taxlovsiz to‘g‘ri bichilgan yubka vertikalni yaratib, qomatni xushbichim ko‘rsatadi.
Nimalar bilan uyg‘unlashtirish kerak? Agar bo‘yingiz modellarniki kabi uzun bo‘lmasa, bunday yubka bilan baland poshnali poyafzal kiyish tavsiya qilinadi. Liboslar jamlanmasini uyg‘unlash uchun tepa qismdagi libos uchun hajimdor kofta ham, qomatga yopishgan top ham mos keladi.
Keng bichimli maksi uzunlikdagi yubka kimlarga yarashadi?
Keng bichimli maksi yubka - juda nazokatli tanlov!
Kimlarga yarashadi? Keng bichimli yubka qomatni hajimdorroq ko‘rsatadi, shu sababli faqat bo‘y-basti kelishgan, nozik qomatli ayollarga yarashadi.
Nimalar bilan uyg‘unlashtirish kerak?Poshnasi past poyafzallar: baletka va tanketkalar bilan juda chiroyli uyg‘unlshadi. Bunday yubka bilan tepa qism uchun koftani qomatga mos holda tanlash joiz. Zero, ushbu bichimdagi yubka e'tiborni tortuvchidir. Shu sababli tanlagan topingiz ixcham va ortiqcha buyumlarsiz bo‘lishi lozim.