Taomlanish qoidalari


To‘g‘ri taomlanish qoidalari qanday? Bu haqida kamdan-kam o‘ylaymiz. Aslida esa bu to‘g‘ri va sog‘lom bo‘lishning eng asosiy unsurlaridan biri. Asosiysi, faqat sifati va sog‘lom taom yeyish emas, balki buni mavjud qoidalarga asoslanib bajarish kerak.

1. Kuchli jismoniy mehnatdan so‘ng darrov ovqatlanib bo‘lmaydi: sport mashg‘uloti, og‘ir jismoniy mehnat, organizmning sovuq qotishi yoki haddan oshiq issib ketishi hamda kuchli hissiy kechinmalardan so‘ng. Bu kabi kuchli nagruzkalardan so‘ng organizm ovqat hazm qilish suyuqligini ishlab chiqishga kuchi yetmaydi. Hech bo‘lmasa yarim soat tanaffus qilish kerak.

2. Har gal taomlanishni sabzovot va mevalardan boshlash kerak. Ularni butun yoki salat ko‘rinishida yesangiz bo‘ladi. Bo‘sh oshqozonga yeyilgan sabzavot va mevalar ovqat hazm qilish suyuqliklarini ishlab chiqilishiga, oshqozon-ichak tizimini ishlashini yaxshilashga va ichak mikroflorasini mo‘’tadillashtirishga yordam beradi. Alohida foydaliligi bilan olma, karam (gulkaram, brokolli, oddiy, . . .), sabzi, bodring, pomidor, shirin bulg‘ori ajralib turadi. Karamni, aytgancha, tuzlanganini ham yeyish mumkin-bu o‘z foydalilik xususiyatlarini yo‘qotmaydigan mahsulotlardan biri.

3. Endi issiqlik yordamida tayyorlanadigan taomlar bilan, ayniqsa, undan keyin sabzovot va mevalarni iste’mol qilib bo‘lmaydi - bu holatda ular oshqozon-ichak tizimida chirish va achish jarayonini yuzaga keltiradi (issiqlik yordamida pishirilgan taomning xazm jarayoni uzoqroq davom etadi, meva va sabzovotlar esa, xazm jarayoni boshlanmasdan oldin turib qoladi). Desertga meva yeyish - zararli!

4. Taomni yaxshilab chaynash kerak. Chaynash jarayonida taomni nafaqat mexanik maydalash (bu ovqat xazm qilishda ishtirok etuvchi boshqa a’zolarning ishini osonlashtiradi), balki so‘lak tarkibidagi fermentlar ta’sirida uglevodlar va oqsillar qisman parchalanishi yuzaga keladi.

5. Shoshmasdan yeng, taomlar orasida kamida 5, yaxshisi 10 daqiqa tanaffus qiling. Nonushta va kechki taom vaqti yarim soatdan, tushlik esa 40 daqiqadan kam bo‘lmasligi lozim.

6. Taom yeyishdan oldin, taom vaqtida va bevosita taomdan so‘ng suyuqlik ichish yaxshi emas. Istisno tariqasida quruq taomlarni iste’mol qilish vaqtida yetarli darajada suyuqlik ichish mumkin. Suv, boshqa ichimliklar og‘izdan so‘lakni yuvib ketadi, oshqozon xazm suyuqligini tarkibini o‘zgartiradi - bu esa taom xazmiga salbiy ta’sir qiladi. Suyuqlikni taom iste’mol qilishdan kamida yarim soat avval va taom iste’molidan kamida bir soatdan keyin ichish kerak.

7. Juda sovuq (xona haroratida juda past) va juda issiq (og‘iz va labni kuydiradigan) taom va ichimlik iste’mol qilmang. Imkon boricha ularni aralashtirmasdan iste’mol qilish kerak.

8. Taom iste’molidan so‘ng darrov ishga urinmang, bir oz dam oling. Ammo uxlamang va yotmang. Eng yaxshisi bir oz yayov yuring. Tanaffus yengil jismoniy mehnatdan avval kamida 15 daqiqa, og‘ir mehnatdan avval kamida yarim soatni tashkil etishi maqsadga muvofiq. Sport bilan jiddiy shug‘ullanish vaqtida taom iste’moli yakuni va mashg‘ulot orasida tanaffus kamida bir soatni tashkil etishi lozim.