Ko‘zlar ostidagi shishlar qayerdan paydo bo‘ladi?
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-09-23 11:51:27
- 0
- 0
- 21009
Erta tongda shishgan qovoqlar bilan uyg‘onchangiz, kechga borib, poyafzalingiz, go‘yo bir o‘lchamga kichiklashib qolgandek bo‘lsa, buning sababi nimada?
Nima qayerdan paydo bo‘ladi?
Shishlar —limfa qon aylanish tizimi yomonligi, ya'ni organizmda suv to‘xtab qolishidan darakdir. Agar bu hol doimiy ravishda takrorlansa, me'yorda ovqatlanishga odatlanishingiz kerak.
* Doimiy shishlarning yana bir sababi organizmda kaliy yetishmoqchiligi va natriyning, ya'ni oddiy osh tuzining me'yordan ko‘pligidir. Marinadlangan, dudlangan, qovurilgan va sho‘r mahsulotlar, tarkibida tuzi ko‘p tayyor sous va turli xil konservalangan mahsulotlar, konservantlar, sho‘r pishloqlar — bularning barchasi organizmda suyuqlik ushlanib qolishining oqibatidir. Shishlarga moyil organizm shakar, tuz va yog‘li mahsulotlarni bir vaqtda tanovvul qilishdan cheklanishlari lozim. Qahva alokogol mahsulotlari ham salbiy oqibatlarga olib keladi: avvaliga organizmni suvsizlantiradi, keyin esa unda suv aylanishini to‘xtatib qo‘yadi.
Juda ko‘p hollarda sho‘r narsalarga bo‘lgan maylimiz real talablarga to‘g‘ri kelmaydi. Aslida har 10 g osh tuzi organizmimizla 1 litr suv ishlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Suv esa o‘z o‘rnida organizmda qolib, shishlarga olib keladi. Bu nafaqat tashqi ko‘rinishimizda, balki sog‘lig‘imizda ham o‘z o‘rnini ko‘rsatmay qolmaydi. Organizmda suv yig‘ilishi yurak ish faoliyatini og‘irlashtirib, vazn ortishiga olib keladi.
* Kechki soat 19-20 dan so‘ng limfa harakati kunduzgiga nisbatan 3-4 barobar tezligi sekinlashadi. Shuning uchun parhezshunoslar suvning asosiy qismini kunning birinchi yarmida isishni tavsiya qilishadi, kechki payt esa chanqoqdan qochish uchun tarkibida tuzi kam mahsulotlarni iste'mol qilish kerak: brqnza yoki pishloq solingan salat ertalabki shishlar uchun yaxshigina imkoniyat bo‘ladi oladi.
Shuningdek, limfotok tezligi harakatlanishimiz bilan uzviy bog‘liqdir: kamharakatlilik ilojsiz bu harakatni sekinlashtiradi. Ertalab uyg‘ongach, uzoq vaqt o‘rindiqda yotish esa yuzlar shishiga va ko‘z ostidagi “qopchalar”ga olib keladi. Shunday ekan, o‘zingiz xulosa chiqaring!
Limfa qon almashinishini yaxshilaymiz!
Kosmetik limfodrenajli yuz massaji (agar muammo yuz shishida bo‘lsa) — tez muddatda qolipga keltirish uchun eng maqbul yechimdir. Manual yoki apparatli limfodrenajli massaj esa (odatda, haftasiga 1-3 martabalik 10-15 ta muolaja) limfa harakatlarini tetiklashtiradi, modda almashinishini tezlashtiradi, toksinlarni haydab, qon almashinishini yaxshilaydi, natijada muammolarni esdan chiqarasiz.
Limfodrenajli va “nuqta”li massaj ham yaxshi natija beradi, turli xil suv o‘tlaridan qilingan muolajalar oyoq shishida yaxshi natija beradi.
* Sovuq va issiq suvni galma-gal almashtirib, massaj qilgan holda dush qabul qilish ham shishlardan halos bo‘lishda yordam beradi. Bunda limfotok yo‘nalishida (pastdan tepaga qarab tana uqalashi) massaj qilish maqsadga muvofiq. Faqat haddan ziyod muzdek yoki qaynoq suvda yuvinmang. O‘rta haroratdagi issiqlikni tanlang.
Xalqaro SPA uyushmasi eng maqbul yuqori harorat 32-33°S, past harorat esa taxminan 23-24 °S deb hisoblaydi. Ushbu harorat tartibi qon-tomirlar, qon almashinishi va limfa tizimi tetiklashishiga yordam beradi.
Ortiqcha suyuqlikdan halos bo‘lamiz
Natriy va kaliy me'yorini saqlish uchun sabzavot va mevalarni ko‘proq iste'mol qiling. Parhezshunoslar va olimlar petrushka, o‘rik, turshak va dukkakli o‘simliklarni ko‘proq yeyishni tavsiya qilishadi, shuningdek, toblangan kartoshka tarkibida ham kaliy ko‘p bo‘ladi. Shishlardan halos bo‘lish uchun kam suyuqlik ichish eng katta xatodir: oqibati salbiy natijalarga olib keladi, zero suyuqlik yetishmagan organizm uni g‘amlashga o‘tadi.
Shishlarni olib tashlaymiz!
Limfodrenaj natijaga ega kosmetik vositalar yordam beradi, masalan, suv o‘tlari, qizil uzum, turli xil efir moylari va kofein ekstraktlari mavjud kosmetik vositalar yordam beradi.
* Qon va limfa aylanishini yaxshilash uchun ertalablari yuzingizni muz bo‘lakchalari bilan uqalang. Ertalab ko‘z ostidagi “qopcha”lardan qutilishning eng tez usuli — yangi damlangan choy yoki qahvaga botirilgan paxta aylanachalirini ko‘z ostida 10-15 daqiqa davomida ushlab turishdir. Tongda paydo bo‘ladigan ko‘z ostidagi shishlardan qutilishda, shuningdek, bo‘tako‘z va gamamelis gullaridan tayyorlangan damlama ham shishlardan halos bo‘lishda yaxshi vositadir. Tarkibida spirt qo‘shilgan vositalardan yiroqlashing. Shu bilan birga erta tongdagi ko‘z ostidagi shishlar kechki payt noto‘g‘ri bajarilgan muolajalar oqibati bo‘lishi ham mumkin. Masalan, yaxshi tozalanmagan teri, haddan ziyod yog‘li kremlar yoki og‘ir tarkibli kremlarni ko‘p miqdorda surtish terining tabiiy bioritmlarini buzilishiga olib keladi.
Sanab o‘tilgan sabablar asosi noto‘g‘ri yuz bajarilgan yuz parvarishi muolajalari va noto‘g‘ri ovqatlanishga borib taqalmoqda. Inson salomatligi uning go‘zalligi bilan uzviy bog‘liqligi bejiz emas. Demak, ozgina e'tibor bo‘lsa kifoya!