Tungi yuz parvarishining 8 qoidasi
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-09-25 16:24:57
- 0
- 0
- 23058
Ko‘pchilikni yosh
o‘tishi bilan yuzdagi ajinlari qiynay boshlaydi, Xo‘sh, yuz terisi mayin va
chiroyli ko‘rinishga kelishi uchun uni qanday parvarishlash lozim?
1. Hech qachon makiyajni tozalanmasdan uyquga
ketmang
Uyquga ketishdan oldin terini tozalamaslik juda zararli bo‘lib, allergik
holatlarga olib kelishi hech gap emas. Tozalanmagan teri
teshiklarning berkilib qolish, shishlar, qizarish va erta qarish jarayoni kabi
salbiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan
tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, aholining 60 % tungi pardoz vositalari
tozalamay uyquga ketisharkan. Bunga sabab o‘rnida charchoq, vaqt tanqisligi va
turmush o‘rtoqlarining ko‘ziga pardozsiz ko‘rinshlarini istashmas kabilarni
aytishadi. Teri sog‘lom bo‘lishi uchun pardoz vositalaridan xoli ravishda orom
olishi kerak.
2. Kunduzgi kremni tungisiga alishtirmang
Tunda teriga quyoshdan himoya, namlik va ozuqa zarur. Mushaklarni
bo‘shashtiruvchi komponentlar bilan to‘yingan yoki boshqa ajralmas tarkibiy
qismlari mavjud vositalar esa teri to‘qimalarini nafas olishi va tiklanishiga
xalaqit beradi. A retinoli yoki ANA yuqori konsentratsiyasi tungi parvarish
uchun foydali. Biroq undan kunduzi foydalanilsa, qichishish va teriga dog‘
tushish kabi salbiy holatlari yuz berishi mumkin.
3. Tungi parvarishni kechiktirmang
Tungi krem yoki tunda surtish uchun mo‘ljallangan kosmetik vositalar aynan
kechki payt surtish uchun mo‘ljallangan. Kremlardan tashqari, go‘zallik
uchun eng asosiy tarkibiy qism — bu uyqudir. Shuningdek, kosmetik vositalarni
uyquga ketishdan 1 soat oldin surtish kerakligini ham yodingizdan ko‘tarmang.
4. Yodingizda tuting: haddan ziyod krem surtish
salbiy natijalarga olib keladi
Keragidan ortiq surtilgan tungi krem shishlarga sabab bo‘ladi. Ortiqcha kremdan
saqlanishning eng oddiy usuli — krem surtilgandan 10-15 daqiqa keyin uni
salfetka yordamida artib tashlang.
“Ilmiy tekshirish natijalari shuni ko‘rsatadikui, chuqur uyqu vaqti teri
hujayralari sakkiz barobar faolroq taqsimlanar ekan, shunday ekan, uyqu sifati qancha
yuqori bo‘lsa, terinining qarish jarayoni ham shuncha sekinlashadi!”
5. Tungi kremsiz parvarish
25 yoshdan keyin ayollar yuzlariga tungi krem surtishlari maqsadga muvofiq,
albatta, yog‘li yuz terisi sohibalari bundan mustasnodir.
Ko‘pgina
dermatologlarning fikriga ko‘ra 25 yoshgacha tungi kremlardan foydalanishning
zarurati yo‘q. Juda quruq yuz sohibalari esa kechga yaqin quyuq va ozuqali
(yoshga qarshi faol komponentlarsiz, tabiiy birikmalardan tarkib topgan)
kremlar yordamida yuzlarini parvarishlashlari zarur. Agar yuz terisi yog‘li
bo‘lsa, eng yaxshi parvarish bu- yuzni tozalab nafas olishiga imkon yaratish va
ehtiyoj tug‘ilsa, bakteriya yoki shamollashga qarshi vositalardan foydalanish
lozim.
6. 30 yoshdan keyin tungi kremlardan
foydalanish odatiy holga aylanishi zarur
Bu yoshda teri hujayralari o‘zini tiklashga layoqatsiz bo‘lib qoladi. Tabiatning juda
ko‘p salbiy tashqi ta'siri tufayli terining tiklanish mexanizmi ish faoliyati
susayadi va shikastlangan hujayralarni “yamash” ga qiynaladi. Shuning uchun
teri doim o‘zini tiklashga qiynaladi va tashqi “yordam” ni aynan kechki payt
ko‘proq minnatdorlik bilan qabul qiladi. Zero, bu vaqt teri o‘z kuchini
quyoshga qarshi uchun yoxud zararli tashqi ta'sir himoyasiga ketkazmay,
hujayralar metabolizmi va DNK hujayralarini tiklanishi kabi jarayonlarga
faolroq bo‘ladi.
7. Bir
tizimdagi kosmetik vositalardan foydalaning
Shundagina ularning tarkibiy qismlari bir-birini to‘ldiradi va ular bir-birini
to‘ldiradi. Amaliyotda bu juda oddiy qoida bo‘lib ko‘rinsada, lekin ko‘pchilik
bunga nazorat qilmaydi. Shunday ekan, tungi kremni boshqa tizim kosmetikasi,
tonik yoki boshqa vositalarni umuman boshqa tizimga tegishlisi bilan
aralashtirmang. Tungi kremlarning faol komponentlar tarkibi, odatda
kunduzgisiga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Shunga muvofiq tarzda, turli xil
kosmetik vositalarning birikmalar mosligi ham shu darajada bo‘ladi.
8.
To‘g‘ri uyqu uchun shart-sharoitlar yarating
Juda issiq, havo almashmagan yoki konditsioner ishlayotgan yotoqxonada teri
zo‘riqadi va teri hujayralarining tiklanish jarayoni susayadi. Agar
yostig‘ingiz noqulay bo‘lsa yoki uyqu vaqti dahaningiz bo‘yningizga haddan
ziyod suyansa, bu ikkinchi dahan, ya'ni “baqadahan”ni keltirib chiqaruvchi
omildir. Shunday ekan, yotoqxonadagi havo almashinishi (albatta, oynadan chang
havo kirmasligi) va sifatli hamda o‘rtacha baladlikdagi yostiq yoshligingiz va
chiroyingizni saqlashda yordam beradi.