Yugurish uchun 9 sabab
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-09-30 14:06:43
- 0
- 0
- 14500
Yugurish - chiroyli ko‘rinish sari pulsiz va eng maqbul yechimdir. Yugurish uchun alohida joy yoki qurollar talab qilinmaydi. Shunchaki keda yoki krossovkalar bo‘lsa bas. Deyarli, uch fasl davomida ushbu sport turi bilan shug‘ullanish mumkin. yugurish qator kasalliklarni oldini olishda juda foydali sanaladi. Umuman olganda, yugurish - davolovchi hususiyatga ega emas, lekin uning ta'siri markaziy asab, shuningdek, yurak qon-tomir tizimlariga va umuman olganda organizmning o‘ziga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
1. Yugurish yurak qon-tomir imkoniyatlarini kengaytiradi, yurak mushaklarida bevosita mashq jarayoni boshlanadi. Bu degani, yurak mustahkamroq bo‘ladi. Natijada har xil zo‘riqishlarga chidamliligi oshadi.
2. Qonda kislorod hajmi ko‘payadi. Mashqlarda chidamliligi oshgan yurak bir davr mobaynida mashq qilinmagan yurakka nisbatan ko‘proq qon haydaydi. Bu degani qon almashinuvi ko‘paysa, kislorod almashinuvi ham ko‘payadi degani. Har bir hujayra va organizm bo‘laklariga qon ko‘proq kelib tushadi, kislorod bilan to‘yinib, oziqlantiruvchi vositalarga boyiydi.
3. Asabiylashishga qarshi ajoyib vosita. Asabiylik va charchoq kun davomida organizmda radioaktiv elementlarning parchalanishini kuchaytiradi - bu charchoqqa sabab bo‘ladi. Chaqchoqdan halos bo‘lish uchun yetarlicha terlash zarur. Bunda yugurish juda yaxshi natijalarni beradi.
4. Davomiy og‘ir ish qilish natijasida qonga alohida gormon - endorfin kelib tushadi. Ushbu gormon “baxt gormoni” deb ham yuritiladi. Buning o‘ziga yarasha sababi bor. Endorfin suyuqligi qonda ko‘paysa, inson yengil eyforiya hissini tuyadi. Zo‘riqish esa go‘yo bug‘langani sari yo‘q bo‘ladi.
5. Aqliy faollik ko‘tariladi. Yugurish vaqti o‘z-o‘zidan u yoki bu muammo yoki vazifaning yechimi hal bo‘ladi. Faol mashqlar vaqti qon kislorod bilan to‘yinadi, modda almashinuvchi yaxshilanadi, buning natijasida markaziy asab tizimi faolroq ishlaydi va o‘z-o‘zidan miya ham faollashadi.
6. Muntazam ravishda yugurish tufayli qonda eritrotsit va gemoglobin ko‘tariladi, natijada immun tizimini mustahkamlanadi. Yugurish jarayonida qonda xolesterin kamayadi, muzlash hissi kamayadi, oshqozonda faoliyati yaxshilanadi. Modda almashinuvchi yaxshilansa, tana og‘irligi ham normallashadi.
7. Kunning istalgan yarmida yugurish mumkin. ertalablari qonda gormonlar soni ko‘payganligi sababli yugurish tabiiy uyg‘onishda yordam beradi va organizmni uyg‘unligiga olibk yeladi. Agar siz kunning ikkinchi yarmida, ya'ni kechki salqinda yugurishni afzal bilsangiz, bilingki, kechki yugurish zo‘riqishni yechadi, tinchlantiradi, ortiqcha ishtahani so‘ndiradi va sokin uyquni ta'minlaydi.
8. Olimlarning tadqiqotlaridan yugurish jigar to‘qimalarining qisman regeniratsiyasi yuz berishini ko‘rsatadi. Buyrakka ijobiy ta'siri yuz berishini ham bilish mumkin: yugurish vaqti ushbu organlarning og‘ir vazifalari yengillashadi.
9. Muntazam yugurish mashqlari tayanch-harakat apparatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Yoshi katta insonlar uchun bu kabi mashqlar ayniqsa foydali bo‘lib, ular mushak hamda mushak to‘qimalaridagi degenerativ (buzilgan) o‘zgarishlarga to‘sqinlik ko‘rsatadi.
Qadim Yunonistonda “Kuchli bo‘lging kelsa, yugur! Chiroyli bo‘lishni istasang, yugur! Aqlli bo‘lishni xohlasang, yugur!” deyishgan.