Kamchiliklardan halos bo‘ling
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-09-30 14:11:33
- 0
- 0
- 20325
Ayol kishi qanchalik go‘zal bo‘lmasin, doim o‘zidagi kamchiliklarni bilib yashaydi va ulardan halos bo‘lishga intiladi. Axir, ayol tashqi ko‘rinishi haqida qayg‘urib, parvarishlashi bilan ayolda! Haqiqiy ayol xulq-atvori, tashqi ko‘rinishidagi kamchiliklardan xalos bo‘lish harakatida yuradi, buning xayratlanarli yeri yo‘q. Axir, bu ularga tabiatan in'om etilgan sifatdir. Shunday sifatlarga ega Ayollar uchun ikki og‘iz maslahatlar quyida keltirilgan.
So‘gallar
So‘gallar viruslar oqibatida kelib chiqib, odatda, ular yuz va ko‘llarda paydo bo‘ladi. So‘gallar turli xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham so‘gallarni siqib tashlash yoki xonaki davolash usullari orqali halos bo‘lish tavsiya qilinmaydi. Shunchaki, keyingi maslahatlarga quloq tuting...
Organizmni chiniqtirsangiz yoki quvatlovchi vitaminlar qabul qilsangiz, ular o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketishi yoki aksincha, bir joyning o‘zida o‘ntagacha ko‘payib ketishi ham mumkin. Shu sababli so‘gallar paydo bo‘lganda shifokor huzuriga borish tavsiya qilinadi.
Yangi paydo bo‘lgan so‘gallarni tabiiy vositalar bilan yo‘qotishga harakat qilish mumkin. Buning uchun kuniga 2-3 marta so‘galni sarimsoqpiyoz suviga arting. Archilgan kartoshka bo‘lagini ham so‘galning ustiga o‘rab qo‘yishingiz mumkin. Bu kabi muolajalarni 10 kun davomida qilish mumkin.
Shuni unutmangki, so‘gallar yuqumli infeksiyalar bo‘lib, ko‘pincha qizlar dugonalari bilan kiyim alishganlarida, taqinchoqlarini taqqanlari oqibatida yuzaga keladi. Shunday ekan, hatto eng yaqin dugonangiz, singlingiz yoki opangiz buyumlaridan foydalanmang, shaxsiy gigiyena vositalari: sochiq, taroq, manikyur vositalari va sovun kabi buyumlaringizga ega bo‘ling.
Qazg‘oq
Boshi zamburug‘i — qazg‘oqlar haqida eshitmagan inson bo‘lmasa kerak... Qazg‘oqlardan xalos bo‘lish uchun turli xil usullardan foydalanib, hech qanday natijaga erisholmagan bo‘lsangiz, tabiiy xalqona usullardan foydalaning. Buning uchun boshingizga qatiq va xna aralashmasini surtib, 30 daqiqadan so‘ng yuvib tashlashingiz mumkin.
Yana bir maslahat, sochlaringizni yuvib bo‘lgach, sochiq bilan quriting, uzoq muddat sochiq o‘rab yurish ham yaramaydi. Zero, sochlaringizga havo kerak, shuningdek xo‘l sochlarni fen bilan quritmaganingiz ma'qul. Sababi fen soch ildizini quritib tashlaydi, quruq sochlarda esa qazg‘oq ko‘proq uchraydi.
Qazg‘okdan butkul xolos bo‘lish oson emas, buning uchun uzoq vaqt talab qilinadi, lekin biz ayollar tabiatan hamisha chiroyli va jozibali ko‘rinishni istaymiz. Qazg‘oqlar bilinmasligi uchun hozircha to‘qrangdagi, ya'ni qora kofta, sviterlar kiymang. Iloji boricha, och rangdagi kiyimlarni kiyganingiz ma'qul.
Husnbuzarlar
Husnbuzarlardan, deyarli butundunyo bo‘ylab turli millat va turli yoshdagi odamlar aziyat chekadi. Lekin husnbuzarlarning toshishi balog‘at yoshidagi qizlarda bo‘lishi tabiiy hol. Husnbuzarlar tozalikka rioya qilmaganlikdan paydo bo‘lmaydi. Ular terining chuqur qatlamlaridagi yog‘ bezlarini shikastlovchi kasallik hisoblanadi. Shuning uchun ulardan xolos bo‘lish juda qiyin. Bu yoshda esa teri juda ko‘p yog‘ qatlamlarini ajratib chiqaradi.
Olimlarning tekshiruv natijalariga ko‘ra, xusnbuzarlar oftobda ko‘p yurishdan, gormonal dorilardan, yuz terisini iflos qo‘l bilan tegaverishdan va ularni siqishdan ko‘payar ekan. Afsuski, husnbuzarlardan batamom xolos bo‘lishning choralari hali o‘ylab topilmagan, lekin kasallikni ozmi-ko‘pmi davolash mumkin. Buning uchun vaqti-vaqti bilan yuzingizga ko‘k choy damlamasi bilan artish tavsiya qilinadi. Salitsil kislotasi, ultrabinafsha nurlari, quyosh yoki kvars lampalari ham bu yallig‘lanishni davolashda yaxshi natija berishi mumkin.
Bundan tashqari, S vitaminiga boy bo‘lgan na'matak damlamasini ham husnbuzarga qarshi ichimlik sifatida ichishingiz mumkin. Buning uchun 3 choy qoshiq maydalangan na'matak ustiga 2 stakan suv quyib, 10 daqiqa davomida qaynating. So‘ng ertalabgacha termosda saqlang. Ertalab ikki-uch qavat dokadan o‘tkazib, yarim stakandan kuniga 3-4 mahal iching.
Sepkillar
Sepkillardan batamom qutilish harakatlari, deyardi befoyda. Sababi, sepkillar biror kasallik alomati yoki yuzdagi nuqson emas. Aksincha ko‘pchilik qizlarga sepkil juda yarashib turadi. Agar sepkillarsiz yanada jozibali ko‘rinaman, deb o‘ylasangiz, unda quyidagi tavsiyalarni ko‘rib chiqing.
Avvalo, sepkillaringizni qatiq, kefir bilan oqartirib turing. Buning uchun toza dokani qatiq yoki kefirda xo‘llab, sepkil ko‘p joyga qo‘ying. 10-15 daqiqadan so‘ng suv bilan yuvmasdan sochiq bilan arting. Bu muolajani har kuni ertalab va kechkurun bir hafta davomida bajaring. Agar bir haftadan keyin ham sepkillaringiz oqarmasa, demak bu muolaja sizga yordam bermaydi. Boshqa muolajani kilib ko‘ring. Toza yuzingizni 3 foizli vodorod peroksid eritmasi yoki limon sharbatiga botirilgan paxta bilan arting. Bu muolajani ko‘zingizga sachratmasdan, ehtiyotkorlik bilan bajaring. Oxirida teringizga smetana yoki krem surting.
Bundan tashqari, yangi bodring, nordon karamdan ham foydalanishingiz mumkin. Buning uchun bu ikki sabzavotni qirg‘ichdan o‘tkazing va 25-30 daqiqaga yupqa qatlam qilib yuzingizga ko‘ying.
Shuni yodingizda tutingki, sepkillarni faqatgina oqartirishingizgina mumkin. Ulardan batamom xalos bo‘lishning imkoni yo‘q. Agar bu ishga qat'iy kirishgan bo‘lsangiz, u holda zamonaviy usullardan foydalaning. Masalan, hozirgi kunda lazer nurlari yordamida sepkillardan xalos bo‘lish mumkin, lekin bu usul xatarli. Zero teringiz ultrabinafsha nurlari ta'siriga uchraydi va vaqti kelib, salbiy oqibatlar ham kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.
Nima bo‘lganda ham o‘zingizga ishoning! Gavdangizni tik tutgan holda jilmaying. Binobarin, tabiiy go‘zallikka hech narsa teng emas!
Sepkillarga qarshi kurashishni yaxshisi bahorda, ular ko‘payayotgan paytda boshlash kerak. YUqoridagi muolajalar yordam bermasa, shifokorga murojaat qilishingizni maslahat beramiz. Lekin vrach ham sizning sepkillardan holi bo‘lishingizni istarmikin? Chunki sepkillar qizlarni sirliroq, qolgan qizlardan ko‘ra jozibaliroq ko‘rsatadi-da.