Ajinlarga nuqta qo‘ying
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-10-06 09:48:04
- 0
- 0
- 17825
Ajinlar – ayollarning dushmani! Ulardan halos bo‘lish maqsadida qimmat vositalardan foydalanamiz, lekin barcha krem va losonlarning foydasi biz o‘ylaganimizchalik bo‘lavermaydi.
Hozirgi kunda kosmetik vositalarning turi keng, lekin mutaxassislar ularning asosi bir xil deya ta'kidlashadi. Shuningdek, biz ishlatadigan vositalarning yaroqlik muddati qanchalik uzoq bo‘lsa, uning zararli jihatlari ham shunchali ko‘p bo‘lar ekan.
Shunday ekan, ayollar o‘z “dushmanlari”dan qay usulda kurashishlari lozim? Kosmetologlar dorixonada sotiluvchi oddiy mazlardan foydalanishni tavsiya qilishmoqda. Lekin har bir maz tarkibi bilan o‘rganib chiqish va ulardan to‘g‘ri foydalana olish lozim.
Retinolli maz
Retinol (A vitamini) ajinlarning asosiy “dushmani” sanaladi, axir, aynan shu sababli hujayralar regeniratsiyasi yuz beradi. Ajinlarga qarshi retinolli maz kollagen ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, teri ahvolini yaxshilaydi, ajinlarni tekislaydi. Ushbu vositani keyingi usul bilan ishlatish tavsiya qilinadi:
Terini tozalaymiz. Tarkibida retinol mavjud mazni terining ajinli qismlariga yengil uqalash harakatlari bilan surtish zarur. Muolajani uyquga yotishdan oldin qilish tavsiya qilinadi.
Sinkli maz
Vosita ko‘plab foydali xususiyatlarga ega va kosmetologiyada qator muammolar yechimida foydalaniladi, shu bilan birga chuqur ajinlardan halos bo‘lishda ham. Sink – bu tabiiy quyoshdan himoya qiluvchi vosita bo‘lib, ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Axir, aynan ular terining oldinroq qarishiga sabab bo‘ladi. Bunday mazni ko‘chaga chiqishdan avval ingichka qilib toza yuz terisisha surtish kerak. Shuni ham inobatga olingki, sink terini quritish xususiyatiga ega, shuning uchun uni namlantiruvchi krem bilan birga ishlatish maqsadga muvofiq.
Gidrokortizon mazi
Ushbu vosita hozirgi kunda ko‘pchilikka ma'lum botoks in'yeksiyasining bir turi bo‘lsada, ularning ta'siri umuman har xil. Gidrokortizonli maz terida namlikni ushlab qoluvchi xususiyatga ega bo‘lib, natijada ajinlar taranglashadi va sezilarsiz bo‘lib qoladi. Bunday mazni kuniga ikki mahal ingichka qilib teriga surtish lozim.
Relif mazi
Ushbu vositadan ham boshqa gemorroyni davolovchi vositalar kabi teri qarishini oldini olishda ishlatiladi. Bunga sabab ushbu preparat tarkibida akula moyi bo‘lib, to‘qimalarni zichlantiradi va hujayralarni regeniratsiya qiladi. Bundan tashqari, ushbu maz ko‘z atrofidagi shishlardan juda tez halos etib, qoramtir aylanachalardan halos etadi. Mazni ertalab va kechqurun surtish tavsiya qilinadi.
Geparinli maz
Shishlarga qarshi xususiyatga ega, shu sababli ko‘z atrofi parvarishida ajinlarga qarshi kurash va ko‘kimtir shishlardan halos bo‘lishda keng foydalaniladi. Maz toza yuz terisiga mayin harakatlar bilan kuniga ikki mahal surtiladi.
Radevit mazi
Ushbu preparat tarkibiga katta miqdorda A, Ye hamda D2 vitaminlari kirib, mazdan muntazam ravishda foydlanish, tari holatini yaxshilanishi, ajinlardan qutilish va teri rangini yaxshilanishida xizmat qiladi. Mazni yengil uqalash harakatlari bilan teriga surtish kerak. Vositani ertalab hamda kechqurun surtish mumkin.
Salkoseril mazi
Preparat kollagen ishlab chiqishini yaxshilaydi, shikastlangan to‘qimalarni jonlantiradi, qon almashinishini yaxshilaydi. Natijada, muntazam ravishda foydalanilsa, yuz terisini ajoyib tarzda yoshartiradi. Maz terining shikastlangan mintaqalariga ingichka qilib suritladi. Muolaja kun ora qilinadi.
Diqqat! Mazlardan foydalanishdan oldin foydalanish yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqio‘ lozim. Ko‘pchilik mazlardan uzoq vaqt foydalanish mumkin emas.
Mazlarning foydala jihatlari:
* Tarkibiga zararsiz vositalar kiradi;
* Narxlari maqbul;
* Naijakorigi yuqori;
* Foydalanishda qulay.
Ajinlarga qarshi mazlarning kamchiliklari:
* Zid belgilari ko‘rsatilmagan;
* Barcha yuz terisiga ham to‘g‘ri kelavermaydi.