Bilib qo'ygan yaxshi
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-10-09 12:06:21
- 0
- 0
- 12000
Qatiq organizmni zararli moddalardan yaxshi tozalaydi. Tarkibida kaliy, kal’tsiy, fosfor ko‘p bo‘lib, bu suyaklar, tish va yurakka foydadir.
Pishgan shaftoli eyilsa, har qanday ichni yumshatadi.
Har qanday shaftolini to‘q qoringa eyish, organizm uchun faqat zarar keltiradi.
Sirkani gazandalar chiqqan joyga paxta shimdirib qo‘yiladi.
Sirka badanning qaerida bo‘lmasin chiqib kelayotgan shishni qaytaradi.
Shirasi oqib turgan anjirdan eyilsa turli kasalliklarga shifo bo‘ladi.
Anjirning xomini, shuningdek, bargini xol, so‘gal va dog‘larga qo‘yilsa foydalidir.
Tutqanoq dardi bor insonlar har yili anjirdan to‘yib esalar, qishda esa qoqisidan totib tursalar tutqanoq kasaliga shifo bo‘ladi.
Po‘stidan tozalangan va yaxshilab yuvilgan sabzavot qaynatib olingan suvda foydali moddalar ko‘p bo‘ladi, shu sababli, bu suvni to‘kib tashlamay, sho‘rva yoki sous (qayla)ga oddiy suv o‘rniga ishlatsa bo‘ladi.
Sabzavotli taomlar, sho‘rvalar va garnirlarni pishirayotgan kastryulka (qozon)ingiz yopiq tursin.
Baliq qovurayotganingizda ezilib ketmasligi uchun qovurishdan oldin tuzlab, unga belang. 10-15 daqiqa o‘tgach qovuring.
Baliqni tozalashdan oldin issiq suvga botirib olsangiz, tangachalari osonlik bilan ko‘chadi.
Kartoshka bo‘tqasi tilla rang bo‘lishi uchun unga qaynagan sut va tuxum sarig‘i qo‘shing.
Chuchvaralarni oddiy suvda emas, bulьonda pishirsangiz, yanada mazali bo‘ladi.
Banan va apelьsin puchog‘ini aslo tashlab yubormang! Ularni yuvib, quritib, mayda mayda to‘g‘rab quritib qo‘ysangiz tsedra bo‘ladi. Uni piroglarga va turli pishiriqlarga solinsa judayam hushta’m qiladi.
Qaynoq suvga xamir qorish yaramaydi, chunki qaynoq suv xamirni tirishtirib, yoyishni qiyinlashtiradi.
Limon kesgach pichoqni darhol sovuq suvda yuvish kerak, aks holda pichoq o‘tmas bo‘lib qoladi.
Xamir qoriyotgan paytda un elangan bo‘lishi lozim. Yo‘qsa xamir qattiq bo‘lib qoladi va ko‘ngildagidek natijaga erishilmaydi. Xamir qorayotib un elash jarayonida qancha ko‘p havo kirsa xamir shuncha mayin va chiroyli chiqadi.
Qo‘l terisini qurib yorilishidan asrash uchun qatiqqa ikki tomchi achchiq bodom moyidan qo‘shib niqob tayyorlang. So‘ng qo‘lga surtib qo‘yiladi. Kungaboqar moyini ilitib yuzga surtib turilsa, quruq, salqigan terini taranglashtiradi.
Tuxumni ishlatishdan avval sovuq suvda ustini yuvishni unutmang! Ammo tuxumlarni yuvib xolodilьnikka qo‘ymang. Chunki yuvilgan tuxum sifati tez yo‘qoladi.
Ortib qolgan tuxum sarig‘i ustiga 1-2 tomchi o‘simlik yog‘i tomizib, ustini yopib, xolodilnikka qo‘yilsa tuxum sarig‘i usti qotib qolmaydi.
Sho‘r bo‘lib ketgan ovqatga 2-3 ta xom kartoshka solsangiz sho‘rini o‘ziga tortib oladi.
Haddan tashqari seryog‘ bo‘lib ketgan palovga guruch solishdan oldin bir nechta kartoshkani archib solsangiz yog‘ni tortib oladi.
Isiriq damlamasi tomoq og‘riganda tez-tez g‘ar-g‘ara qilinsa tomoq og‘rig‘ini bosadi.
Tishni oqartirishda limon yoki sodadan aslo foydalanmang! Bu tish emalini eyilishiga sabab bo‘ladi.
Yuzni oqartirishda quyidagi tabiiy vositalardan foydalaning: limon suvi ham juda samarali bo‘lib, yuzdagi qora nuqtalarni ham tozalaydi, ukrop (shivit) va petrushka damlamasi bilan ertalab kechqurun yuz artilsa, yuzni oqartirib rangni tiniqlatstiradi, bodring ham yuz terisini taranglashtirib, qora nuqtalarni tozalab, oqartirish xususiyatiga ega.
Dazmolni yuzi qoraygan bo‘lsa dokaga yirik tuz solib ishqalab tashlang. Dazmol yana o‘z holiga qaytadi.
Qon tekkan buyumni avval bir necha soat sovuq suvga ivitib qo‘yish (suvga bir oz miqdorda novshadil spirt qo‘shish) kerak. Ok rangli ip, zigir, jun gazlamalardagi qon dog‘ini vodorod peroksid bilan ketkazish mumkin. Oq ip va zigir gazlamalardagi yuvilganda ketmay qolgan eski qon dog‘ini novshadil spirti bn (1 stakan suvga 1 choy koshik) eki tanokor (bura) eritmasi bn (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) ketkazish mumkin, qoldiq dog‘ni kushimcha ravishda 50-60 darajagacha kizdirilgan vodorod peroksid eritmasi bn ishkalanadi. Dog‘ ketkazilganidan keyin buyumni bir ozgina sirka qo‘shilgan suvda yaxshilab chaykash kerak.
Kirlangan jun va ipak gazlamalarning kirlangan joylarini benzin, atseton, novshadil spirti yoki ularning aralashmasi (teng nisbatdagi)ga botirilgan jun gazlama bilan artish kerak. Ortiqcha suyuqlik bosma qog‘ozga shimdiriladi. Dog‘lardagi qolgan izlarni novshadil spirti bilan (1/2 stakan suvga 1 choy qoshiq novshadil spirti qo‘shiladi) artish kerak. Novshadil spirti eritmasining gazlama rangiga qanday ta’sir etishini avval tekshirib kurish lozim. Siyoh ruchka pastasi dog‘ini limon eki tartrat kislota bilan ketkazish mumkin. Rangli gazlama buyumlardagi siyoh dog‘ini yo‘qotish uchun glitserin bilan denaturat aralashmasi (2 kism glitserin va 5 qism denaturat) ishlatiladi. Jun va tabiiy ipak gazlamalaridagi siyoh dogini eng yaxshisi denaturat va xlorid kislota aralashmasi (1 oshqoshiq denaturatga 2-3 tomchi xlorid kislota qo‘shiladi) bilan ketkazgan ma’qul. Dog‘ ketkazilgandan keyin uning o‘rnini suv bilan yaxshilab yuvish zarur. Bu usulni boshqa turdagi gazlamalarga ishlatib bo‘lmaydi. Yangi siyoh dog‘ini yo‘qotish uchun suyultirilgan novshadil spirti va ichimlik sodasi (1-2 choy koshigi 1 stakan suvga) ishlatsa ham bo‘ladi.
Sochiq, kiyimbosh va boshqa buyumlardagi rangli dog‘lar issik suv bilan yuvib ketkaziladi. Buning uchun buyumning dog‘li joyi biror idish misol chelak tepasiga tortiladi va ustidan dog‘i ketguncha suv quyiladi. Vaqt tig‘iz bo‘lsa, dog‘ni tez ketkazish uchun yangi dog‘ ustiga osh tuzi sepiladi. Oq rangli gazlamalardagi dog‘larni maxsus preparatlar bilan ketkazgan ma’qul. Hozir do‘konlarda har xilini uchratish mumkin. Oq kiyimdagi eski dog‘larni ketkazishda novshadil spirti va vodorod peroksidi bilan ham ketkazsa bo‘ladi.
Dazmolni yuzi qoraygan bulsa dokaga yirik tuz solib ishqalab tashlang. Dazmol yana o‘z holiga qaytadi.
Sigirning sutini ko‘zga surtsangiz, ko‘zning har xil illatlarini bartaraf qiladi.
Sog‘ilgan sutni issiq holda ichilsa, yurakka quvvat beradi, g‘amni, vasvasani, silni va xafaqon kasalligini, turli ichki yaralarni daf qiladi, darmonni oshirib, rangu ruxsorni ochadi.
Uzum – qonni ko‘paytiradi, ichini yumshatadi, ishtahani ochadi, asablarni tinchlantiradi.
Olma yurakka quvvat bag‘ishlab, shodlik keltiradi, oshqozonni tozalaydi.
Behi ko‘krak illatlarini daf qiladi, oshqozonga quvvat berib, ishtahani oshiradi.
Sarimsoq – oshqozon va buyrak og‘irig‘i bor kishilarga naf qiladi, shuningdek, bo‘g‘in va tish og‘rig‘iga hamda yo‘talga foyda qiladi.