Nikol Kidmandanning eng oddiy 6 siri
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-10-12 17:05:14
- 0
- 0
- 11406
Ba'zi ayollar barcha yoshda ham o‘z jozibasini yo‘qotmaydi — ular betakror go‘zal va xushbichimdirlar. Erkaklar bunday ayollardan ko‘zlarini uza olishmaydi, ayollarning esa havasi kelib, bunday ayollarga o‘xshashni istashadi va buning sirini bilishni istashadi. Shunday go‘zal ayollardan biri Nikol Kidmandir.
Ko‘pchilik uning go‘zalligining siri jarrohlik operatsiyalari yoki kosmetik plastika karomati deb hisoblaydi, lekin aktrisa bu mish-mishlarni rad etgan holda “Go‘zal ayol chiroyli qarishi kerak” deya ta'kidlaydi.
* Yuzini yosh ko‘rinishda saqlab qolish uchun aktrisa qarishni oldini oluvchi vositalardan foydalanadi, bunda qat'iy tabiiy tarkibiy qismlardan tarkib topgan vositalarni ishlatish kerakligini aytadi.
* Nikol har kuni yoga bilan shug‘ullanish uchun vaqt ajratadi va imkon qadar tenis bilan shug‘ullanadi.
* Tabiatan aktrisaning sochlari blond rangidan, sochlarini mallaga bo‘yab yuradi. Aktrisa tabiiylikka shunchalik o‘chki, u hatto soch bo‘yog‘idan foydalanmaydi. Sochlarini malla tusga keltirish uchun klyukva sharbatidan foydalanar ekan!
* Qizil gilamga chiqqanda aktrisaning asosiy vazifasi jolokor sochlar bo‘lib qoladi. Buning uchun u sochlarni shampan vinosi bilan chayadi.
* Oppoq ideal badanini har kuni yulpiz qo‘shilgan vanna qabul qilib tetiklashtiradi.
* Tashqi go‘zallik sog‘likdan boshlanadi deganlaridek, organizmni ham esdan chiqarmaydi. Nikol organizmni maxsus parhez yordamida tozalaydi — uch kun davomida u faqat meva va sabzavotlarning yangi siqilgan sharbatini ichish barobarida, shifobaxsh o‘tlar damlamasini ham uyg‘unlashtiradi.
* Albatta, bu tavsiyalar juda oson va Nikolga qarab, ularning natijasi yuqori ekanligin ko‘rish mumkin.
Juda nafis tashqi ko‘rinishi borasida hech narsani sir tutmay, o‘zining go‘zallik va yoshlik sirlari bilan bo‘lishadi. Aslida bunday parvarish barcha ayolning qo‘lidan keladi, biroq bunga e'tibor bo‘lishi zarur!
1. Har kuni yoga mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish — aynan jismoniy mashg‘ulotlar uning qad-qomatini muvozanatda saqlashda yordam berib, tetiklashtiradi.
2. Har kuni 50 marotaba trubaga tortinish kerak. Nikol yoshlik paytida otasi bir narsani doim aytishini eslaydi: otasining shiori “Hayotda ikki narsa muhim: biri kuniga 50 marotaba trubaga tortinish bo‘lsa, ikkinchisi siyosaga haddan ziyod berilib ketmaslikdir”. Shu kundan bunyo aktrisa otasining ushbu gapini jiddiylik bilan bajarib keladi.
3. Organizmda toksinlar yig‘ilib qolmasligi va moddalar almashinuvida muammolar kuzatilmasligi uchun Kidman kun davomida ko‘proq suv ichishni tavsiya qiladi.
4. Aktrisaning taomnomasidan mevalar va sabzavotlar o‘rin olgan. Nonni esa faqat butun bug‘doy donachalaridan tayyorlanganini iste'mol qiladi.
5. Pardoz vositalari. Nikolning gaplariga qaraganda, u teri qarishini oldini olishda tabiiy pardoz vositalaridan foydalanar ekan. Albatta, vitaminlarga boy tabiiy vositalardan tayyorlangan xonaki niqoblarni surtishni tavsiya qiladi.
6. Aktrisaning asosiy siridan biri, har kuni hayotdan zavqlanib yashash, yaqinlarga va atrofdagilarga sevgi ulashish va yoshingiz nechiga to‘lishidan qat'iy nazar, uni yaxshi ko‘ring. Zero, siz o‘zingizni necha yoshlik deb g‘is qilsangiz, ko‘rinishingiz ham shu yoshga munosib bo‘ladi.