Uchrashuvlarda o‘zini ahmoqona his etmaslik uchun qo‘llanma


Ko‘p hollarda insonlar ahmoqona vaziyatga tushib qoladilar, chunki yana qaytarib o‘tamiz biznes-etiket qoidalari boshqa vaziyatlardagi ahloq qoidalaridan tubdan farq qilishini bilmaydilar. Barbara Pachterning “Ishga oid odob asoslari” (The Essentials of Business Etiquette) kitobida ishbilarmon doira vakillarining uchrashuvlarda yaxshi taassurot qoldirish uchun nimani amalga oshirish kerak va o‘zini qanday tutmaslik haqida batafsil ma'lumot berilgan. Mazkur kitobdagi eng muhim tavsiyalarni e'tiboringizga havola qilamiz. 1. Sizni tanishtirishganda o‘rningizdan turing Agar shunday qilsangiz, sizga e'tibor qaratadilar, o‘tirgan insonni esa sezish mushkul. Agar kutilmaganda sizni tanishtirishni boshlashsa va siz turishga ulgurmasangiz, u holda oldinga ozgina egilib qo‘ying. 2. O‘zingizni ismingizni to‘liq aytgan holda tanishtiring Ishga oid muhitda to‘liq ismdan foydalanish maqsadga muvofiq, biroq o‘zgalar qanday o‘zini tanishtirayotganini ham e'tiborga olish darkor. Agar ismingiz juda uzun va murakkab bo‘lsa, uni qanday qilib qisqartirish va soddalashtirish yo‘lini o‘ylab toping. Uni tashrif qog‘ozingizga yozib, ishtirokchilarga tarqating. 3. Agar mavqyeingiz yuqoriroq bo‘lsa yoki qabul qiluvchi tomon sifatida ishtirok etayotgan bo‘lsangiz, birinchi bo‘lib, siz qo‘l berib ko‘rishing. Patcher zamonaviy ishbilarmonlik muhitida mezbon tomon yoki yuqori mavqyega ega bo‘lgan inson salomlashishda birinchi bo‘lib qo‘l uzatishi kerakligini eslatib o‘tgan. Agar yuqori mavqyega ega bo‘lgan inson buni darhol amalga oshirmasa – bu ba'zi hollarda genderga oid tushunmovchilik tufayli sodir bo‘ladi, quyiroq mavqyega ega bo‘lgan inson bir soniyadan kechikmagan holda qo‘l uzatishi lozim. Har nima bo‘lganda ham, qo‘l berib ko‘rishish sodir bo‘lishi kerak. Agar sizni jiddiy inson sifatida qabul qilishlarini istasangiz, qo‘lni siqib ko‘rishish lozim va buni to‘g‘ri amalga oshirish juda muhim sanaladi. 4. To‘g‘ri kiyining Kiyim-kechak noverbal (imo-ishoralar bilan amalga oshirilgan) aloqaning muhim shakli bo‘lib, u insonning ish bilan bog‘liq obro‘siga ta'sir qilishi mumkin. Kiyimni tanlash orqali siz professionallik mavqyeingiz to‘g‘risida ikkinchi tomonga signal yuborasiz. Har doim to‘g‘ri kiyinish qoidalariga amal qilish uchun borishni istayotgan tadbir: uchrashuv yoki restorandagi tushlikning dress-kod (kiyinish qoidalari)ni surishtirib oling 5. Uchrashuv davomida “rahmat” so‘zidan ikki marotabadan ortiq foydalanmang Patcherning fikriga ko‘ra, umumiy suhbat davomida bir yoki ikki marotaba “rahmat” so‘zini ishlatish lozim, aks holda bu so‘z minnatadorchilik o‘rniga sizni yordamga muhtoj, o‘ziga ishonmaydigan inson sifatida namoyish etishi mumkin. 6. Uchrashuv ishtirokchilariga alohida minnatdorchilik xatini yuboring Patcher uchrashuv yakunlangach, uning barcha ishtirokchilariga 24 soat ichida alohida minnatdorchilik xatini yuborish maqsadga muvofiq ekanligini ta'kidlagan. Qo‘lda bitilgan maktub yoki elektron pochta orqali yuborilgan xatni tanlashdan oldin qog‘ozda bitilgan noma yetib borishi uchun bir necha kun kerakligini hisobga oling. Elektron maktub esa darhol yetib borishi bilan bu vaziyatdagi to‘g‘ri tanlovdir. Ba'zi hollarda vaqt masalasi muhim sanaladi, masalan, ishga qabul qilish bo‘yicha uchrashuvdan keyin tezlik bilan qaror qabul qilinadi. 7. Telefoningizni cho‘ntagingizga solib qo‘ying Patcher uchrashuvlar chog‘ida telefonni cho‘ntakdan olmaslikni tayinlaydi. Maktub yozish istagi tug‘ilib qolishi mumkin, biroq bu o‘ta qo‘pol ko‘rinadi. Bundan tashqari uchrashuvlar davomida telefonni stol ustiga qo‘yish ham noto‘g‘ri. Bunday qilsangiz, uchrashuvni tezroq tugatib, boshqa ish bilan mashg‘ul bo‘lgingiz kelayotganini namoyish etasiz. 8. Hyech qachon hech kim uchun stulni surib qo‘ymang Mehmon uchun eshikni ochish yoki ushlab turish mumkin, biroq boshqa insonga jinsidan qat'iy nazar stul surib berilmaydi. Ishga oid muhitda bu o‘rinli emas. Patcher fikriga ko‘ra, ayollar ham, erkaklar ham o‘zlariga stulni to‘g‘rilab olish imkoniga egalar. 9. Oyog‘ingizni chalishtirmang Bu ayollar va erkaklarga birdek tegishli bo‘lgan qoida. Bu tana holati insonni chalg‘itishi mumkin va ishga oid muhitga to‘g‘ri kelmaydi. 10. Barmog‘ingiz bilan ko‘rsatmang Agar nimanidir ko‘rsatish kerak bo‘lsa, buni ochiq kaft yordamida amalga oshiring. Ko‘rsatkich barmoqdan foydalanmang, bu imo-ishora juda agressiv ko‘rinadi. Bunday odat erkaklarda ham, ayollarda ham bor, biroq ayollar undan ko‘proq foydalanishadi. 11. Qabul qilib oluvchini to‘g‘ri yozganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin Elektron xatlarning “Kimga” degan qatorini to‘ldirayotganda e'tiborli bo‘ling. Noto‘g‘ri ismni tanlab noqulay vaziyatga tushib qolishingiz mumkin. 12. Nonni qo‘l bilan ushating Ishga oid uchrashuvlarda bulochkalarni pichoq bilan kesish maqsadga muvofiq emas. Patcher bulochkalarni avval ikkiga bo‘lib, keyin sariyog‘ surishdan avval birma-bir maydalab, shu holda istemol etishni maslahat beradi. 13. O‘ta qimmat taomlarga buyurtma bermang Qimmatbaho steyk yoki omarga buyurtma bersangiz, boshqa inson hisobiga tushlik qilib olmoqchi bo‘lgandek taassurot uyg‘otishingiz mumkin. Biroq taklif qilgan inson tavsiya etgan taomlardan birini tanlashingiz mumkin, ammo bu holda ham ro‘yxatdagi qimmat bo‘lmaganiga buyurtma berish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu vinolarga ham tegishli. Bundan tashqari, “maxsus taomlar”ga ehtiyot bo‘ling. Ba'zida ofitsiantlar maxsus taom yoki kun taomining narxini aytishmaydi. Biroq aynan shunday taomlar odatiy taomlarga qaraganda 10-40 foizgacha qimmatroq bo‘lishi mumkin, narxni so‘rash esa sizga noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun ulardan uzoqroq yuring. 14. Likopchalarni surib qo‘ymang va qavat-qavat qilib taxlamang Ofitsiantlarga o‘z ishlarini o‘zlari bajarishlariga qo‘yib bering. Bundan tashqari, agar suhbatdoshlaringiz hali taom iste'mol qilishda davom etayotgan bo‘lsalar, ularni qo‘pol holatda shoshirayotgandek bo‘lasiz. 15. Mehmonning tanlovini hisobga oling Agar mehmon ichimlik yoki desertga buyurtma berayotgan bo‘lsa, siz ham shunday qilishingiz lozim. Patcher mehmonni noqulay ahvolga solmaslik va uni bir o‘zi istemol qilishiga yo‘l qo‘ymaslikni maslahat beradi. 16. Olib ketish uchun “o‘rab berish”larini so‘ramang Bu borada Patcher juda jiddiy munosabat bildirib o‘tgan: bu yerga kelishdan maqsad qolgan-qutganlarni yig‘ib ketish emas, biznes bilan shug‘ullanishdir. Qoldiqlarni olib ketish uchun o‘rab berishlarini so‘rash oilaviy tushliklarda mumkin, biroq ishga oid uchrashuvlarda qat'iyan man etiladi. 17. Stoldagi anjomlardan to‘g‘ri foydalanishni biling Patcher bu haqida shunday yozadi: “Yegulik tushlik solinadigan likopchadan chap tarafda joylashadi. Agar stol to‘g‘ri tuzatilgan bo‘lsa, non, salat yoki har qanday taom sizning tushlik solinadigan likopchangizdan chap tarafda joylashgan bo‘ladi. Barcha ichimliklar esa o‘ng tarafdan o‘rin egallaydi. Har qanday stakan yoki finjon o‘ng tarafda turadi”. Bundan tashqari sanchqi chap tarafda, pichoq va qoshiqlar esa o‘ng tarafda turishini eslab qolish kerak. 18. Taklif qilgan inson to‘laydi Agar siz taklif qilgan bo‘lsangiz, siz mezbonsiz shuning uchun jinsdan qat'iy nazar siz to‘lashingiz kerak. Agar erkak mehmon to‘lashni istasachi? Patcher fikriga ko‘ra, bu yerda bir necha variantlar bor. Harajatlarni kompaniya to‘laydi, deb aytish mumkin. Yoki mehmonlar e'tiborini jalb etmagan holda, sekingina turib hisobni to‘lab kelish kerak bo‘ladi. Har qanday holatda ham noqulaylikning oldini olish lozim. Agar erkak mehmon sizning inkor etishingizga qaramay hisobni to‘lamoqchi bo‘lsa, bunga rozi bo‘ling. 19. Xayrlashish usulini oldindan o‘ylang Pachter stoldan to‘g‘ri turishni bilish va bu vaziyatda ham so‘zlashishda davom etish kerakligini ta'kidlaydi. Bu holatda siz vaziyatni qo‘lga olganingizni namoyish etasiz. Suhbatni siz yakunlashingiz kerakligini hisobga olib, bir necha iboralarni ham oldindan tayyorlab qo‘yish kerak. “Tanishganimdan xursandman”, “Siz bilan suhbat juda yoqimli bo‘ldi” yoki “Kelasi hafta ko‘rishamiz”, deb aytishingiz mumkin. Shuningdek, uzr so‘ragan holda turish uchun ruxsat so‘rasangiz ham bo‘ladi. Demak, biznes uchrashuvlardagi ahloq qoidalari bilan tanishib chiqdik. Menimcha, ular u qadar murakkab emas. Muhimi e'tiborliroq bo‘lib, o‘zimizni to‘g‘ri tutishimizdadir. Bu esa natijada uchrashuvdagi suhbatdoshlarda biz haqimizda ijobiy fikrlar uyg‘onishiga sabab bo‘ladi hamda hamkorlarimiz bilan ishbilarmonlik aloqalarini olib borish uchun mustahkam zamin yaratadi. http://xabardor.uz/uchrashuvlarda-ozini-ahmoqona-his-etmaslik-uchun-qollanma

Teglar: maslahat