yozilgan 08:41 08.10.2015
Qovurilgan (dimlangan) jigar
- Muallif: Бахтыев Олимжон Абдурубович
- Tayyorlash vaqti: 30 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- 2015-09-21 15:30:27
- 3
- 1
- 18689
Masalliqlar
- piyoz - 4 dona
- kungaboqar yog'i - 100 gr
- tuz - ta'bga ko'ra
- zira - ta'bga ko'ra
- tuyilgan qora murch - ta'bga ko'ra
- jigar - 500 gr
Tayyorlash usuli
Juda mazali va foydali taom.
Uni tayyorlash uchun avvalo jigarni kichik 8-10 gramm bo‘laklarga kesib tayyorlab olinadi. Qozondagi o‘simlik yoki qo‘y yog‘ini baland olovda qizdirib unda to‘g‘ralgan piyoz bir oz qizargunga qadar qovuriladi. So‘ng jigar tez-tez aralashtirib turgan holda qovuriladi. Jigar qovurilgandan so‘ng tuz, murch va xoxishga ko‘ra bir oz zira qo‘shiladi. Ozgina suv qo‘shib qozonni qopqog‘i yopiladi va olovni pastlatgan holda 10 daqiqaga yaqin dimlanadi.
Bilasizmi, bu taomda eng mazalisi nima? Bu taom tagidagi piyozli qayla. Unga issiq nonni botirib yeyishning o‘ziga yarasha gashti bor.
Yoqimli ishtaha!
Биласизми, бу таомда энг мазалиси нима? Бу таом тагидаги пиёзли қайла. Унга иссиқ нонни ботириб ейишнинг ўзига яраша гашти бор.
QO'SHILAMAN, BOSHQACHA BO'LADI.