Chak-chak
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 240 daq
- Toifa: Chak-chak
- Taomning kaloriyaliligi: 360 ккал
- 2015-09-14 14:36:50
- 0
- 0
- 26287
Masalliqlar
- un - 3 stakan
- shakar - 80 gr
- tuxum - 3 dona
- asal - 160 ml
- aroq - 15 ml
- tuz - 1 bir chimdim
Tayyorlash usuli
Birinchi qadam xamirni tayyorlashdan boshlaymiz. Suvga chimdim tuz, tuxum hamda un solinadi. Shuni eslatib joizki, un solayotganda tuxumning miqdoriga ko‘ra solinadi. Ya'ni 3 dona tuxumga 3 stakan un solinadi.
Un solingach avval qoshiq bilan aralashtiriladi. So‘ng qo‘l bilan xamir qoriladi. Xamir egiluvchan yaxshi qorilgan bo‘lishi kerak. Tayyor xamirni 0.5 soat davomida xona xaroratida tindiriladi.
Tayyor xamirni kichik bo‘laklarga bo‘lib 2 mm enlikda yoyib chiqiladi.
Yoyilgan xamir tasma shaklida kesib chiqiladi.
Kesilgan tasmalar kichik bo‘laklarda kesib chiqiladi.
Kesib chiqilgan xamirni qizib turgan olovda 3-4 daqiqa davomida hiyol qizg‘ish tusga kirgunga qadar pishirib olinadi.
Pishirib olingan xamirlarni qog‘oz solingan idishga solinadi.
Qiyomi tayyorlanishi:
Idishga asal va shakar solib past olovda suv bug‘ida eritib olinadi. Sirop 10 daqiqa davomida davomida aralashtirilib turiladi.
Tayyor qiyomni pishirib olingan xamir ustiga quyiladi va aralashtiriladi.Aralashmani xoxishingizga ko‘ra shaklga solib, 10 daqiqaga muzlatgichga qo‘yiladi.