Chak-chak
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 80 daq
- Toifa: Chak-chak
- Taomning kaloriyaliligi: 4000 ккал
- 2015-09-25 18:17:27
- 3
- 1
- 45875
Masalliqlar
- un - 300 gr
- shakar - 1 osh qoshiq
- tuxum - 5 dona
- asal - 1 stakan
- aroq - 2 osh qoshiq
- tuz - 1 bir chimdim
- soda - 1 bir chimdim
Tayyorlash usuli
Xamir tayyorlanishi:
1. Idishga tuxumni chaqib, tuz, soda, konyak (yoki aroq) va shakar solib aralashtiramiz.
2. Hammasini aralashtirib bo‘lgandan so‘ng, oz-ozdan elakdan o‘tkazilgan unni solib, yumshoq xamir qoramiz. Eng muhimi unni solishda ehtiyot bo‘ling. Agarda xamirni qattiq olib qo‘ysangiz, yoyishda juda ham qiynalasiz (Buni o‘zimdan bilaman). Tayyor xamirni oziq-ovqat plyonkasiga o‘rab, ustidan sochiq yopib, 1 soat tindirishga qo‘yamiz.
3. Keyin tayyor xamirni yupqa qilib, yoyib, g‘ildirakli pichoq yordamida (rasmda ko‘rsatilgan, qanday nomlanishini afsuski bilmayman) kengligi 2-2,5 sm keladigan lentalarni kesamiz. O‘z navbatida lentalarni esa, rombik shakllarida kesib chiqamiz.
4. Qozonda yog‘ni yaxshilab qizdirib olamiz. Qizigandan so‘ng olovni o‘rta darajaga tushirib, oz-ozdan xamirni qizg‘ish tusga kirgunicha tez-tez qovurib olamiz (5 soniya yetadi). Chovli yordamida yog‘ini yaxshilab sirqitib, katta tog‘oraga sovushi uchun solib qo‘yamiz. Ungacha siropimizni ham tayyorlashni boshlasak bo‘ladi.
5. Idishga asal va shakarni (1x1) solib, past olovda shakari eriguncha doimiy tarzda aralashtirib turamiz. Shakar kuyib ketmasligiga axamiyat bering. Chak-chakni yeganda sachiq bo‘lib, og‘izga yopishmasligi uchun asalni nisbatan suyug‘ini oling.
6. Keyin qozon tagiga olovni yoqib, ozginadan qovurilgan xamirni solib, ustidan siropni quyamiz. Shundan so‘ng, kafkir yordamida asat-sekinlik bilan aralashtirib, likoplarga taqsimlab chiqamiz. Shakl berishda qo‘llaringizni sovuq suvga botirsangiz, qaynoq asal qo‘llaringizga yopishmaydi.Hohishga qarab chak-chak ustini yong‘oq bilan bezatishingiz mumkin. Agarda uyingizda yong‘oq bo‘lmasa, bu muammo emas. Kokos strujkalarini sepib chiqsangiz ham bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!
*Tayyorlash jarayoni bo'yicha rasmlarni o'zbek tilining kiril alifbosidagi talqinidan ko'rishingiz mumkin
Izoh
-
Был очень вкусный чак-чакyozilgan 11:51 28.09.2015