Tayyorlash usuli
Bu pizza qozonda pishiriladi va uncha ham ko'p vaqt sarflanmaydi.
Turli ko'katlar ishlatilsa mazali bo'ladi (ukrop,kashnich va hokazo)
Avvalo gulkaramni sho'r suvda qaynatib pishirib olamiz,
Qiymani piyoz bilan yog'da chala pishirib olamiz, kerakli miqdorda tuz ham solamiz.
Gulkaramni mayda to'g'rab, tuxum bn aralshtiramiz.
Qozonga 50 gramcha saryog' solamiz (yoki ozgina o'simlik yog'i), keyin boyagi chala pishgan qiymaning yarmini, ustidan gulkaramning yarmini va ko'katning yarmini solib, shu ketma-ketlikni yana takrorlaymiz va ustidan to'g'ralgan pomidorni, ustidan pishloq sepamiz (pishloq taxmninan masalliq yuzni o'rtacha ko'mishi kerak, juda ko'p ham emas, kam ham emas).
Olovni yoqib, osh dimlaydigan olovda 20 daqiqa dimlaymiz (20 daqiqadan oshirmang, bo'lmasa pizzaning tagi kuyishni boshlaydi)
Bu taomni issiqligida ham, sovuqligida ham yeyish mumkin. Man bu yerda keltirgan standard formasi, qo'ziqorin, yoki baqlajon bo'lsa ozgina qovurib olib, pizzaga yarim-yarim ketma-ketlikda qo'shaveriladi,mazasini yaxshi qiladi. Lekin bulg'or qalampiri qo'shmang, mazasi o'zgaradi.
Go'shtni tuzi, gulkaramning tuzi bor bo'lgani uchun tuzni oxirida oz miqdorda, faqat pomidor uchun qo'shamiz, ko'p qo'shmang, sho'r bo'lib qolishi mumkin, misol uchun man yarim choy qoshiqdan ham kamroq solinadi
Yoqimli ishtaha!