Qovoq dimlama

  • 2015-10-05 14:07:48
  • 0
  • 0
  • 11370

Masalliqlar

  • qo'y go'shti - 200-300 gr
  • piyoz - 1-3 dona
  • baqlajon - 1 dona
  • bulg'or qalampir - 2 dona
  • sarimsoqpiyoz - 5-6 dona

Tayyorlash usuli

Hamma masalliqlar yirik bo‘laklanadi. Qozon tubiga birinchi parraklab kesilgan dumba bo‘laklari terib chiqiladi.

Keyin, piyoz, go‘sht, kartoshka va qolgan masalliqlar solinadi (terib chiqiladi). Har bir qatlam orasiga tuz va ziravorlarni solasiz (tabga ko'ra).

Eng ustiga qovoq bo‘laklari solinadi. So‘ng, qozon gazga qo‘yilib, tagi balandlanadi va ustiga 1 piyola suv solinib, qopqog‘i yopiladi.

Suvi qaynagach, olov pastlanib, 1 soat davomida dimlab pishiriladi. 30 daqiqadan so‘ng qozon qopqog‘i ochilib, masalliq kavlanadi, ya'ni, tagidagi ustiga va ustidagi tagiga tushiriladi va dimlashda davom ettiriladi.

Bu taomga ta'bingizga qarab go‘sht solishingiz mumkin, yoki yo‘q.

Yoqimli ishtaha!