Grechka palov

  • 2015-10-05 14:38:58
  • 0
  • 0
  • 19253

Masalliqlar

  • mol go'shti - 200 gr
  • kartoshka - 2 dona
  • sabzi - 1 dona
  • pomidor - 3-4 dona
  • bulg'or qalampir - 2 dona
  • sarimsoqpiyoz - 1 dona
  • selderey - 1 bog‘
  • grechka - 0.5 kg

Tayyorlash usuli

Hamma masalliqlar keraklicha xajmda maydalab to‘g‘raladi.

Qizib turgan qozondagi yog‘ga piyoz solib, novvot rang bo‘lgunicha qovuriladi. So‘ng go‘sht solinadi. Biroz qovurilgach, pomidor solinadi. Yana birozdan so‘ng kartoshka, sabzi, bulg‘or qalampirlari, sarimsoq piyog‘ va ko‘kat ketma-ket solinib, qovuriladi.

Tuzi rostlanib, suv solinadi. Suv hamma masalliqlarni ko‘mib turishi shart. Suvi qaynab chiqqach, qozon tagi olovi pasaytiriladi va shu holatda 30 daqiqa qaynatiladi.