Ukraincha borsh
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Tayyorlash vaqti: 180 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 2779 ккал
- 2015-10-13 09:53:33
- 0
- 0
- 19141
Masalliqlar
- kartoshka - 400 gr
- sabzi - 200 gr
- piyoz - 150 gr
- kungaboqar yog'i - 3 osh qoshiq
- bulg'or qalampir - 100 gr
- sarimsoqpiyoz - ta'bga ko'ra
- lavlagi - 400 gr
- tuz - ta'bga ko'ra
- ukrop - 10 gr
- dafna yaprog'i - 2 dona
- sirka - 1 osh qoshiq
- tomat pastasi - 60 gr
- kashnich (kinza) - 10 gr
- oq karam - 400 gr
- chili qalampiri - ta'bga ko'ra
- mol qovurg‘asi - 800 gr
Tayyorlash usuli
Qovurg‘alar yuvilib, ustidan 4 list suv quyiladi. Suvi qaynab chiqqach, ustidan ko‘pigi olinadi. Taxminan 1,5 soat davomida qaynatiladi.
Qizil lavlagi ingichka qilib somoncha shaklida to‘g‘raladi. Tovaga solinib, ustidan ko‘mguncha qovurg‘a qaynatilgan sho‘rva quyiladi va sirka qo‘shiladi. So‘ngra 10 daqiqa davomida qovuriladi.
Tovada o‘simlik yog‘i qizdiriladi. Shu yog‘da sabzi, piyoz qizg‘ish tusga kirgunga qadar qovuriladi.
Kastryulyada qaynayotgan sho‘rvaga sabzi va lavlagili qovurib olingan aralashma hamda kubik shaklida kesilgan kartoshka, qizil lavlagi solinib, qaynatiladi. Dafna bargi qo‘shilib, kastryulya qopqog‘i yopiladi. Shu yo‘sinda 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Karam ingichka to‘g‘ralib, borshga qo‘shiladi.
5 daqiqadan so‘ng somoncha shaklida kesilgan tomat pastasi qo‘shilib, qaynash holatiga olib boriladi va olovdan chetga olinadi.
Sarimsoq va ko‘katlar mayda to‘g‘raladi. Barchasi kastryulyaga solinadi, chili qalampiri va tuz sepilibib, kechasiga tindirishga olib qo‘yiladi. Ertasi kuni issiq holda smetana va sarimsoq bilan dasturxonga tortiladi.
Yоqimli ishtaha!