Qovurma lag'mon

  • 2015-09-15 10:13:48
  • 0
  • 0
  • 39630

Masalliqlar

  • mol go'shti - 230 gr
  • sabzi - 1 dona
  • piyoz - 1 dona
  • pomidor - 2 dona
  • kungaboqar yog'i - 35 ml
  • bulg'or qalampir - 1 dona
  • un - 200 gr
  • tuxum - 2 dona
  • tuz - 8 gr
  • zira - 1 gr

Tayyorlash usuli

Qovurilgan lag‘mon tayyorlash uchun, mol yoki qo‘y go‘shti, piyoz, shirin bulg‘or qalampiri, sabzi, tuxum, ko‘kat, o‘simlik yog‘i, pomidor kerak bo‘ladi. Go‘sht mayda to‘tburchak shaklida to‘g‘raladi. Go‘sht o‘simlik yog‘ida 15 daqiqa davomida qovuriladi. Agar go‘sht qattiqroq bo‘lsa idishning qopqog‘ini yopib bir oz yumshatiladi. So‘ng tuz va achchiq murch solinadi. Piyoz, sabzi va bulg‘or qalampiri somoncha shaklida to‘g‘raladi. Go‘shtga to‘g‘ralgan piyoz solib 15 daqiqa davomida qovuriladi. So‘ng to‘g‘ralgan bulg‘or qalampiri va sabzi solinib, yumshoq bo‘lgunga qadar qo‘vuriladi va tabga ko‘ra tuz solinadi. Endi pomidorga navbat. Pomidorni mayda qilib to‘g‘raladi. Ushbu taom uchun shirin pomidorni tanlash maqsadga muvofiqdir. Agar bunday pomidor bo‘lmasa, tomat pastasi qo‘shish mumkin. Tayyor xamirni (ugra) sovuq holda bo‘lsa yarim daqiqaga (isitib olish olish uchun)qaynoq suvda qaynatib olinadi. Ugrani qovurilgan massaga qo‘shib 7-10 daqiqa davomida qovuriladi va tuz va zirovarlari tami rostlanadi. Tuxum chaqib aralashtirilib yog‘da qovurib olinadi. Tayyor omletni mayda somoncha shaklida to‘g‘raladi. Katta laganga tayyor lag‘mon suziladi va ustiga ko‘katlar hamda to‘g‘ralgan omlet sepiladi. YOqimli ishtaxa! http://chakchak.uz/ru/reciept/update?id=27