"Sanam"

  • 2015-10-27 14:42:31
  • 0
  • 0
  • 6554

Masalliqlar

  • qulupnay - 300 gr
  • un - 500 gr
  • shakar - 1 stakan
  • tuxum - 2 dona
  • xamirturush - 1 choy qoshiq
  • shakar upasi - 2 osh qoshiq
  • tvorog - 200 gr
  • mayonez - 0.5 stakan
  • margarin - 200 gr

Tayyorlash usuli

1. Qirg'ichdan chiqarilgan margarinni 2 stakan un bilan uvalang. Shakarni qo'shing. 1 stakani miqdoridagi aralashmani olib qo'ying. So'ng tuxum, mayonez, xamiryumshatgich va un bilan xamir tayyorlang.

2. Alohida idishda tvorogni qulupnay va shakar bilan aralashtiring.

3. Xamirni gaz pechi patnisiga yoyib, qulupnayli massani soling. Ustidan un va shakar aralashmasini seping. Shirinlik qizdirilgan gaz pechida 170 daraja haroratda 35 daqiqa davomida pishiriladi.

4. Tayyor bo'lgach, biroz sovutib, so'ng qand upasi bilan bezating.