Biber do'lması (Bulg'or do'lmasi)

  • 2015-11-18 11:26:08
  • 0
  • 0
  • 6569

Masalliqlar

  • piyoz - 1 dona
  • pomidor - 3 dona
  • kungaboqar yog'i - 2 osh qoshiq
  • bulg'or qalampir - 15 dona
  • sariyog' - 50 gr
  • guruch - 1 stakan
  • suv - 2 stakan
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • achchiq qalampir - 1 dona
  • yalpiz - 4 dona
  • kashnich - 0.5 bog‘
  • tomat pastasi - 1 osh qoshiq
  • mol go'shti qiymasi - 250 gr

Tayyorlash usuli

Bulg’orlarni xohlasangiz yuqori qismini “shapka” shaklida yopish uchun kesib olishingiz mumkin, bo’lmasa ehtiyolik bilan uch qismini ichiga botirib, ichini danaklaridan tozalang. Bulg’orlarni yuvib, quritgandan keyin ich qismiga oz miqdorda tuz suring, mazali bo’lish uchun.
Guruchni yaxshilab yuving. Pomidorni po’stini arching, qirg’ichdan o’tkazing yoki maydalab to’g’rang.
Qiyma, mayda to’g’ralgan piyoz, saryog’, guruch, to’g’ralgan pomidor, yalpiz yaproqlari, petrushka, tuz, garmdori va murchni yaxshilab aralashtiring.
O’rta kattalikdagi qoshiq bilan do’lmalarni ichiga masalliqdan soling, to’lishiga 1 barmoq bo’g’imi qolsa yetadi. Ohirigacha to’ldirsangiz do’lmalar yorilib ketishi mumkin, chunki guruch shishadi.

To’ldirilgan bulg’orlarni ular sig’adigan kattalikdagi qozonga tik holda va birbiriga suyab joylang. Qozonni to’ldirishiga ahamiyat bering, qozon na katta, na kichik bo’lsin. Do’lmalar siqilib ham qolmasin, joy ko’p bo’lib “yiqilib” ham tushmasin. Yog va tomatni kichkina tovada qovurib, ustiga 2 stakan qaynagan suvni ichiga solib, aralashtiring. Tayyor bo’lgan aralashmani do’lmalarni yonidan quying.

Qaynaguncha baland olovda, qaynab chiqqandan keyin past olovda pishiring. Yarim soatdan keyin shanchqi bilan do’lmaga botiring, agar bemalol teshsa, demak do’lma pishibdi, agar qattiqroq bo’lsa, yana biroz pishiring.