"Maymuncha" salati

  • 2015-11-20 11:18:06
  • 0
  • 0
  • 7674

Masalliqlar

  • kartoshka - 3 dona
  • piyoz - 1 dona
  • kungaboqar yog'i - 1 osh qoshiq
  • tuxum - 3 dona
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • tuyilgan qora murch - ta'bga ko'ra
  • shampinion - 300 gr
  • mayonez - 2 osh qoshiq
  • jigar - 300 gr
  • zaytun - 6 dona

Tayyorlash usuli

Salat uchun kerakli masalliqlarni tayyorlang. Jigar, kartoshka va tuxumni qaynating. Barchasini sovuting.

To‘g‘ralgan qo‘ziqorin va piyozni tayyor bo‘lguniga qadar yog‘da qovuring va ta’bingizga ko‘ra tuz va ziravorlar seping.

Kartoshka va jigarni mayda kubik shaklda to‘g‘rang.

Kartoshka, jigar, qovurilgan piyoz va qo‘ziqorinni idishga soling. Salat mayonez, tuz va ziravorlar sepib aralashtiring.

Salat tayyor!


Salat bezagi uchun bitta tuxum alohida oqi va sarig‘ini qirg‘ichdan chiqaring.

Toza va quruq tarelkaga salatni solib, maymun boshi shaklida tekislang.

Tuxum oqi va sarig‘i bilan maymun boshining alohida joylariga sepib chiqing. Zaytunlar yordamida maymunning ko‘zlarini yasang va kontur qilib belgilang.