"O‘zbekiston" sho‘rvasi
- Muallif: 3al1na
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 613 ккал
- 2015-09-14 11:28:02
- 0
- 0
- 7681
Masalliqlar
- qo'y go'shti - 80 gr
- kartoshka - 110 gr
- sabzi - 40 gr
- piyoz - 15 gr
- pomidor - 35 gr
- no'xat - 20 gr
- paxta yog'i - 20 ml
- dumba yog‘ - 20 gr
- guruch - 5 gr
- tuz - ta'bga ko'ra
Tayyorlash usuli
Sho‘rva - sharq mamlakatlarida keng tarqalgan taomlardan biri hisoblanib, uni turlicha tayyorlash usullari mavjud.
O‘zbekistonda qo‘y go‘shti qovurilgan sho‘rva qovurma, qovurilmaganligi esa qaynatma deb ataladi.
Tayyorlanishi:
Mayda to‘g‘ralgan piyozni qizg‘ish tusga kirgunga qadar, qovuring. Unga sabzi, pomidor qo‘shib qovurishni davom ettiring. Endi suv solib, oldindan suvda ivitib qo‘yilgan no‘xatni dsoling va 20-25 daqiqa davomida qaynating. Keyin esa tayyor go‘sht qiymasini va kartoshkani soling. Sho‘rva tayyor bo‘lishidan oldin tuz va ziravorlar soling.
Qiyma:
Go‘shtni go‘shtqiymalagichdan chiqaring va guruch bilan aralashtiring. Tuz va ziravorlar solib, yaxshilab aralashtiring. Keyin portsiyalarga bo‘lgan holda dumaloq sharchalar yasang.
Dasturxonga tortishdan oldin mayda to‘g‘ralgan ko‘katlar seping.