Proprio bella spagettis

  • 2015-11-30 15:35:51
  • 0
  • 0
  • 6758

Masalliqlar

  • piyoz - 2 dona
  • pomidor - 700 gr
  • sariyog' - 50 gr
  • tuxum - 1 dona
  • sarimsoqpiyoz donasi - 4 dona
  • mol go'shti qiymasi - 600 gr
  • makaron - 500 gr
  • zaytun - 3 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

1. Qozonga zaytun yog'idan soling biroz qizigach unga piyoz va sarimsoq bo'lagini mayda tog'rab solib qoviring.
Piyoz tillarang hosil qilgach unga pamodorni po'stini shilib mayda tog'rab soling.
Ushbu sousga ta'bga ko'ra tuz va boshqa ziravorlar qo'shasiz.
2. Qiymaga saryog' qirg'ichdan chiqarilgan piyoz va sarimsoqni qo'shib aralashtiring.
Qiyma mayin holga kelgach bitta tuhumni qiymaga qo'shasiz.
Qiymadan katta bo'lmagan koptokchalar yasab tovada usti qizarguncha qovirib oling.
3. Qaynab turgan sousga tayyor bo'lgan qiymali koptokchalarni solib past olovda 10 daqiqa ushlab turing.
4. Alohida idishda Spagetti hamirini pishirib olasiz (Spagetti idishida pishirish bo'yicha yo'riqnoma bor).
Pishgan Spagetti hamirini sousga solib 5-7 daqiqa aralashtiring.
5. Tayyor taomni ustiga qattiq pishloqni qirg'ichdan chiqarib chiqarib qo'shing.