Shivit oshi

  • 2015-12-09 16:48:36
  • 0
  • 0
  • 9176

Masalliqlar

  • mol go'shti - 500 gr
  • kartoshka - 2 dona
  • piyoz - 2 dona
  • pomidor - 1 dona
  • bulg'or qalampir - 2 dona
  • un - 300 gr
  • tuxum - 1 dona
  • suv - 200 gr
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • qatiq - 100 gr
  • smetana - 100 gr
  • sarimsoqpiyoz donasi - 2 dona
  • shivit guli - 100 gr
  • qizil bulg'or qalampir - 2 dona

Tayyorlash usuli

Oldin xamir tayyorlanadi. Buning uchun shivit yaxshilab yuvilib, go‘shtmaydalagichdan chiqariladi va ustidan bir piyola suv quyiladi. Yoki shivitni mayda qilib to‘g‘rab, ustiga suv quyib blendr yordamida aralashtirish ham mumkin. Tayyor aralashmaga tuxum, tuz va un solinib xamir qilinadi. Xamir yashil va plastilinga o‘xshash shaklda bo‘ladi. 20-30 daqiqa tindirib qo‘yilgach, lag‘mon qalinligida yoyiladi. Yoyilgan xamir rulet qilinib, 1 sm kattalikda kesiladi va qaynab turgan sho‘r suvda 2-3 daqiqa qaynatib olinib, ustidan sovuq suv o‘tiriladi. Alohida idishga qatiq, smetana va ozroq tuz solib yaxshilab aralashtiramiz. Xosil bo‘lgan sous ustiga pishib chiqqan “yashil lag‘mon”ni solib qoramiz.

Shivit oshining qaylasi ham har xil tayyorlashi mumkin. Biz sizga Xorazmda eng ko‘p qo‘llaniladigan retseptni taqdim qilmoqdamiz.

Go‘sht maydaroq qilib to‘g‘raladi. Piyoz odatdagiday yarim oy shaklida. Kartoshka, qizil va yashil qalampirlar esa kubikcha qilib. Pomidor qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Sarimsoqpiyoz maydalanadi. Tavaga oldin go‘sht, go‘sht pishgach piyoz, ustidan pomidor solinadi. Birozdan so‘ng kartoshka, sal o‘tib qalampir, sarimsoqpiyoz va ziravorlar solinib, kartoshka pishgunicha dimlab qo‘yiladi. Har bir masalliqdan keyin ozroq tuz solib turishni unutmang.

Qayla tayyor bo‘lgach, laganga oldin lag‘mon, ustidan qayla solinib dasturxonga tortiladi.