Kartoshkali qiymali zapekanka

  • 2016-01-08 13:07:39
  • 0
  • 0
  • 11508

Masalliqlar

  • kartoshka - 500 gr
  • piyoz - 150 gr
  • pomidor - 350 gr
  • kungaboqar yog'i - 2 osh qoshiq
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • margarin - 2 osh qoshiq
  • pishloq tilimi - 200 gr
  • mol go'shti qiymasi - 500 gr

Tayyorlash usuli

Kartoshkani archip kaynatip olamiz, piyozni mayda to'g'raymiz.
Pomidorni kubik shaklida to'g'raymiz.
O'simlik yog'ida piyozni oltin rangi kirguncha qovuramiz.
Pomidor qushib 2-3 daqiqa qovuramiz va ortidan qiyma solib tuz murch bilan yaxshilab aralashtirib tayor bo'lguncha qovuramiz.
Qaynagan kartoshkalarni suvini to'kib tashlab tuz, margarin qo'shib bo'tqa qilib olamiz zapekankamizni pishiradigan formaga qiyma solib tekkislaymiz.
Ustidan bo'tqa solib bir tekis qilib yoyamiz.
Ustigan qirg'ichdan o'tgazilgan so‘rni solamiz.
180 darajada 30 daqiqa pishirib olamiz.
Yokimli ishtaxa.


Teglar: bolalar uchun