Tatarcha chak-chak

  • Muallif: Veronika
  • Tayyorlash vaqti: 120 daq
  • Toifa: Chak-chak
  • Taomning kaloriyaliligi: 5033.1 ккал
  • 2015-09-14 11:43:19
  • 0
  • 0
  • 9364

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 0,5 litr
  • un - 500-600 gr
  • shakar - 1 stakan
  • tuxum - 3 dona
  • asal - 3-4 stakan
  • aroq - 4 osh qoshiq
  • tuz - 1 bir chimdim

Tayyorlash usuli

Tatarcha chak-chak tayyorlash uchun tayyorlash jarayonini 2 qismga bo‘lish kerak: xamir qorish va karamelini tayyorlash.

Tayyorlanishi:

1. Idishga 3 ta tuxumni chaqib, ko‘pirtiring va spirt bilan tuz qo‘shing. Hammasini qo‘lda aralashtiring.

2. Oz-ozdan un soling va qo‘lga yopishmaydigan xamir qoring.

3. Xamir ustini yopib, 15-20 daqiqaga tindirishga qo‘ying.

4. Sirop tayyorlaymiz. Buning uchun shakar bilan asalni idishda aralashtirib, past olovga qo‘ying. Aralashmani shakar erimaguncha aralashtiring.

5. Xamirni lag‘mon ko‘rinishida kesing. Buning uchun xamirning bir qismini 2 mm qalinligida yoyib, yaxshilab un seping.

6. Xamirni kengligi 3-4 sm bo‘lgan kesmalarni kesing va bir qavat qilib taxlab, 5 mmda lag‘mon yoki noringa o‘xshab to‘g‘rang.

7. Qovurish: chuqur tova (yoki qozon)ga o‘simlik yog‘ini qizdiring. Qizigan yog‘ga oz-ozdan kesilgan xamirni solib, qovuring.

8. Xamir qizg‘ish tusga kirishi bilan, darhol ularni chovli yordamida ortiqcha yog‘ini silkitib oling. Qovurilgan xamirlarni katta idishga soling.

9. Xuddi shu tarzda xamirlarni qovurib oling.

10. Tort yasash: issiq siropni qovurilgan xamir solingan idishga quying. Shu zahotiyoq, sirop sovumasdan, xamirni yaxshilab aralashtiring.

11. Keng va tekis tarelkani ozgina sariyog‘ surting. endi qo‘llarni sovuq suvga ho‘llab, chak-chakni tarelkalarga tort shaklida yaxshilab presslab terib chiqing.

12. Tayyor tortni sovutgan holda tortiq qiling. Kesishda chak-chak yopishmasligi uchun pichoqni suvga soling.

Ushbu taom retsepti tayyorlanishi murakkab bo‘lib, uni tayyorlanishiga taxminan 1,5-2 soat vaqt ketadi.