Sho'rvali gul xonim

  • 2016-06-14 14:47:42
  • 0
  • 0
  • 16184

Masalliqlar

  • mol go'shti - 500 gr
  • piyoz - 400 gr
  • pomidor - 3 dona
  • kungaboqar yog'i - 300 gr
  • bulg'or qalampir - 500 gr
  • sarimsoqpiyoz - 2 dona
  • un - 500 gr
  • tuxum - 1 dona
  • suv - 200 ml
  • selderey - 2 bog‘
  • tomat pastasi - 4 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

Hamma sabzavotlarni, xususan piyoz, rangli bulg‘ori, pomidor, baseylarni to‘rtburchak shaklida to‘g‘rab olish lozim. Seldereyni esa bargini alohida, novdasini alohida qilib ajratib olinadi va har ikkisini to‘g‘rab, alohida idishlarga solib qo‘yiladi. Sarimsoqni biroz yirikroq qilib parrak-parrak qilib to‘g‘raladi. Go‘shti ham yupqaroq to‘rtburchak shaklida to‘g‘raladi va yaxshigina qizib turgan yog‘da qovuriladi. Odatda go‘sht qovurish mobaynida o‘zidan suv chiqaradi, shu suvi chiqib tugagunga qadar qovurish lozim, so‘ngra piyozni solib 1-2 daqiqa qovurilgadan keyin tomat pastasini qo‘shib yana qovuriladi. Tomat pastasi qovurilgach, baseyni ham solinadi va 2-3 daqiqa mobaynida qovuriladi. Qozonga bulg‘ori qalampirni solish vaqti ham keldi va uni ham 2-3 daqiqa qovuriladi. Oxirgi boskichda pomidor, sarimsoq va seldirni solib 1-2 daqiqa qovuriladi. Qozonga suv quyishdan oldin ziravorlar solishni ham unutmaslik lozim, odatda biron bir taom tayyorlaganimizda ziravorlar ta’bga ko‘ra solish lozimligi haqida aytar edik, bu taomimizga biroz ko‘proq ziravorlar solingani bois kengroq to‘xtalishni lozim deb topdik.Taommimiz uchun kerakli ziravorlar: zira, yanchilgan kashnich urug‘i, qora murch, zanjabil (yanchilgani), yanchilgan arpa bodiyon, yanchilgan bodiyon. Endi qozonimizga suv quysak ham bo‘ladi. Keyin esa gulxonimni tayyorlab sho'rva suvi bir qaynab chiqqach solib pishiramiz

.