Kimchi
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 40 daq
- Toifa: Qishga g'amlama
- Taomning kaloriyaliligi: 1460 ккал
- 2016-06-15 13:15:13
- 0
- 0
- 21237
Masalliqlar
- tuz - 6 osh qoshiq
- sarimsoqpiyoz donasi - 6 dona
- acchchiq qizil qalampir - 2 kg
- qizil bulg'or qalampir - 1 kg
- pekin karami - 2 dona
Tayyorlash usuli
Karamlar uzunasiga 6-8 bo‘lakka bo‘linadi va tuzlash uchun maxsus idishga solinadi. Ustidan oldindan qaynatilib, sovutilgan suv kumgunicha quyiladi. Bunda suvni har 1 litriga 2 osh qoshiq tuz solinadi. Karamlar har 5 soatda suvdan tashqariga chiqib qolgan joylari o‘giriladi. Karam iste’mol uchun 2 sutkada tayyor bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan karamlar orasiga achchiq gazak surtiladi. Achchiq gazakni uy sharoitida o‘zingiz tayyorlashingiz yoki bozordan tayyorini olishingiz mumkin. 2 kg achchiq qalampir, 1 kg qizil bulg‘or qalampiri va 5-6 bo‘lak sarimsoqpiyoz bo‘lakchalari birga go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi. 2 osh qoshiq tuz qo‘shilib, aralashtiriladi.