Pakore
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 30 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 4799 ккал
- 2016-08-19 07:58:55
- 0
- 0
- 7916
Masalliqlar
- kartoshka - 2 dona
- piyoz - 2 dona
- kungaboqar yog'i - 2 stakan
- suv - 3-4 osh qoshiq
- tuz - ta'bga ko'ra
- sarimsoqpiyoz donasi - 3 dona
- acchchiq qizil qalampir - 1 dona
- ismaloq - 200 gr
- jo'xori uni - 200 gr
Tayyorlash usuli
- Piyozni parrak, kartoshkani ingichka to'g'rab olamiz.
- Ismaloqni pishirib olamiz.
- Qalampir va sarimsoqpiyozni ham maydalab to'g'raymiz.
- Jo'xori uniga zanjabil kukuni, qizil qalampir kukuni, tuz, massaliqlar va suv solib aralashtiramiz.
- Tovaga yog' solib qizdirib olamiz.
- Aralashmadan qo'lda bittadan olib tovaga solamiz.
- Ikkala tomonini qizartirib qovurib olamiz. Pakore tayyor.