Pishloqli lavash

  • 2016-09-09 12:24:13
  • 0
  • 0
  • 12451

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 200 ml
  • tuxum - 3 dona
  • pishloq - 400 gr
  • dudlangan kolbasa - 500 gr
  • lavash - 5 dona

Tayyorlash usuli

Lavashni uchburchak shaklida kesing. Kolbasani mayda qilib to‘g‘rang. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing.

Lavash chetiga nachinkani soling va trubochka ko‘rinishida o‘rang. So‘ng klyar yoki oddiy tuxumga botiring.


Qizigan yog‘da qizarguncha qovuring. Keyin qog‘ozli sochiqqa ortiqcha yog‘i chiqishi uchun qo‘ying.