Boshkirdiston chak-chaki

  • Muallif: Veronika
  • Tayyorlash vaqti: 120 daq
  • Toifa: Chak-chak
  • Taomning kaloriyaliligi: 2527.98 ккал
  • 2015-09-14 12:16:13
  • 0
  • 0
  • 14104

Masalliqlar

  • un - 2 stakan
  • shakar - 100 gr
  • sariyog' - 1 choy qoshiq
  • tuxum - 3 dona
  • asal - 60 gr
  • suv - 1 osh qoshiq
  • tuz - 1 bir chimdim
  • soda - 1 bir chimdim

Tayyorlash usuli

1. Unni oldindan elab olamiz. Tuxum (uy haroratida bo‘lishi kerak)ni tuz bilan ko‘pirtiramiz, asta sekinlik bilan soda va eritilgan sariyog‘ni solamiz.

2. Ko‘pirtirilgan masalliqga oz-ozdan un solamiz va yumshoq xamir qolamiz. Xamir ustini nam sochiq bilan yopib, yarim soatga tindirishga qo‘yamiz.

3. Xamir dam olgunicha sirop tayyorlaymiz. Suvga shakar solamiz va uy haroratigacha isitamiz. Keyin asal qo‘shamiz.

4. Tayyor xamirni taxminan 5 mm qalinligida yoyamiz va yupqa solomka shaklida to‘g‘raymiz. So‘ng ushbu solomkalarni jgutlarga o‘rab, ozgina qurishini kutamiz. Keyin esa, 1-1,5 sm shakldagi bo‘laklarga bo‘lamiz.

5. Ushbu bo‘laklarni qizigan yog‘ga qism-qismlab solamiz va qizg‘ish rangga qirguncha qovuramiz. Lag‘monlarni cho‘mich yordamida olib, katta idishga solamiz.

6. Qovurilgan lag‘monlar ustiga issiq sirop quyamiz va aralashtiramiz.

7. Tayyor chak-chakga sovuq suvda ho‘llangan barmoqlar yordamida piramida yoki tort shaklini beramiz. va uni sovutishga qo‘yamiz.

Boshkirdiston chak-chakini maydalangan quruq mevalar, yong‘oq va shokoladlar bilan bezab chiqish mumkin.