Shokoladli vatrushka

  • 2017-02-01 16:09:54
  • 0
  • 0
  • 10154

Masalliqlar

  • un - 160 gr
  • shakar - 250 gr
  • sariyog' - 50 gr
  • tuxum - 5 dona
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • soda - 0,5 choy qoshiq
  • smetana - 200 gr
  • manniy yormasi - 30 gr
  • tvorog - 500 gr
  • achchiq shokolad - 100 gr
  • vanil shakari - 1 choy qoshiq

Tayyorlash usuli

Xamir tayyorlash uchun idishga 2 ta tuxum, shakar (150g) va bir chimdim tuz solib aralashtiring.

Keyin smetana va eritilgan sariyog‘ni qo‘shing va aralashtiring. Undan so‘ng elangan un va sodani qo‘shib, aralashtiring.

Shokoladni suv bug‘ida eritib, xamirga qo‘shing. Shokoladli xamir tayyor!

Nachinkani tayyorlash uchun tvorogni vilka yordamida ezib chiqing va 3 ta tuxumni qo‘shing. Keyin shakar, vanilin shakari, bug‘doy yormasini qo‘shib, blenderda aralashtiring.

Folga yoki qog‘oz solingan idishga oldin shokoladli xamirni, so‘ng o‘rtasidan tvorogli xamirni soling. Pishiriqni qizdirilmagan duxovkaga 180 gradus haroratda 45 daqiqaga pishirishga soling.

Tayyor vatrushkani duxovkadan olib sovitishga olib qo‘ying.