Multivarkada tayyorlanadigan karamli pirog

  • 2015-09-16 12:18:23
  • 0
  • 0
  • 9080

Masalliqlar

  • piyoz - 2 dona
  • kungaboqar yog'i - 1 osh qoshiq
  • un - 640 gr
  • suv - 125 ml
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • tuyilgan qora murch - 1 bir chimdim
  • xamirturush - 8 gr
  • sut - 125 ml
  • karam - 500 gr
  • mayonez - 150 gr

Tayyorlash usuli

Barcha masalliqlar un, mayonez, sut, iliq suv, xamirturush, tuz, shakar, karam, piyoz, murch va o‘simlik yog‘ini tayyorlab olamiz. Aslida eng yaxshi oshirma xamir tayyorlash uchun mayonez qo‘shilsa juda zo‘r oshadi. Kerakli masalliqlarni idishga solib yaxshilab aralashtiriladi va 2 soat 20 daqiqaga tindirilib qo‘yiladi. Hamir tayyor bo‘lgunga qadar pirogimizni ichiga soladigan masalig‘imizni tayorlab olamiz. Birinchi ishni piyozni kub shaklida to‘g‘rashdan boshlaymiz. Multivarkaga 1 piyola yog‘ solib, piyoz va mayda somoncha to‘g‘ralgan karam solinadi. So‘ng 40 daqiqaga “Issiq-pishirish” tizimiga qo‘yiladi. Multivarkani ochib masalliqlar qovuriladi. Masalliq tayyor bo‘lgach tuz, qora hamda qizil murch qo‘shiladi va aralashtiriladi. Aralashma yaxshilab sovutiladi. Tayyor bo‘lgan xamini 2 bo‘lakka bo‘linadi. Bo‘laklarni ozgina yoyiladi va tayyor aralashmani xamirga solinadi. So‘ng xamir o‘raladi. O‘ralgan xamirni multivarkaga sekin-asta solinadi va 15 daqiqaga “Isish” tizimiga hamda, 65 daqiqaga “Pishirish” tizimiga qo‘yiladi. 35 daqiqa o‘tgandan so‘ng xamir boshqa tomoni o‘girilib qo‘yiladi va pishiriladi. http://webspoon.ru/receipt/kapustnyjj-pirog-v-multivarke