Kesadiya
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 35 daq
- Toifa: Salat va gazaklar
- 2017-06-12 14:07:01
- 1
- 0
- 11188
Masalliqlar
- pomidor - 1 dona
- ko`k piyoz - 3 shox
- chili qalampiri - 1 dona
- dudlangan kurka go‘shti - 100 gr
- tortilya - 4 dona
- chedder - 100 gr
Tayyorlash usuli
Kesadiyani tayyorlanishi juda sodda va oson bo‘lib, bunda yaxshi pishloqni tanlash katta ahamiyatga ega.
Bunga Chedder, Motsarella, Gauda — pishloqlari to‘g‘ri keladi.
Dudlangan kurka go‘shtini mayda qilib to‘g‘rang - 80 gramm.
Xuddi shu tarzda, achchiq qalampir, ko‘k piyoz va pomidorlarni to‘g‘rang.
Tortilyaning yarmiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq va uning ustiga pomidor, qalampir, kurka go‘shti va piyozni tering.
Endi yana ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni seping.
Ikkinchi tomoni yopib, quruq tovada har bir tomonini qizarguncha taxminan 2 daqiqa qovuring. Ungacha pishloq erib, nachinkani bir-biriga birlashtiradi. Usti esi qarsildoq bo‘ladi.
Odatda kesadiya dasturxonga 2 ga bo‘lib taqdim etiladi.