Ratatuy

  • 2017-07-24 17:23:31
  • 0
  • 0
  • 15167

Masalliqlar

  • piyoz - 1 dona
  • baqlajon - 1 dona
  • pomidor - 2 dona
  • kungaboqar yog'i - 1 ta'bga ko'ra
  • bulg'or qalampir - 1 dona
  • sarimsoqpiyoz donasi - 3 bo‘lak
  • timian - 1 shox
  • tomat sokiga tuzlangan pomidorlar - 1 bonka
  • sukini - 1 dona

Tayyorlash usuli

Avval barcha sabzavotlarni yuvib, qalinligi 2-3 mm bo‘lgan parrak shaklda to‘g‘rang. Oldin qizil piyoz, sukni, baqlajon va pomidorlarni to‘g‘rang.

Bulg‘or qalampirini kichik kubik shaklda to‘g‘rang. 2-3 dona sarimsoqpiyozni ham mayda qilib to‘g‘rang.

Idishga ozgina yog‘ surtib chiqing.


Keyin 1 sm qalinlikda tekis qilib maydalangan pomidorlarni bir tekis qilib soling. Pomidorlar o‘rniga baqlajonli yoki kabachkilini ikrani ishlatishingiz mumkin. Tuz va murch sepib, vilka yordamida aralashtiring.

Endi sabzavotlarni ketma-ketlikda terib chiqing.

Sabzavotlarni ozgina bir-birini ustiga qiya qilib tering.

Ustidan o‘simlik yog‘ini seping.


Ustiga ta’bingizga ko‘ra ko‘katlar, shirin bulg‘or qalampir va sarimsoqpiyozni maydalab seping. Oxirida tuz va ziravorlar seping.


180 gradus haroratgacha qizigan duxovkada pishirib oling.


Sabzavotlar qizg‘ish tusga kirsa, demak taom tayyor. Bunga taxminan 25 daqiqa sarflanadi.

Ratatuyni issiq holda dasturxonga tortiq qilganingiz ma’qul.