Tez tayyorlanadigan pechene

  • 2017-09-27 17:56:25
  • 0
  • 0
  • 20136

Masalliqlar

  • un - 480 gr
  • shakar - 300 gr
  • sariyog' - 225 gr
  • tuxum - 2 dona
  • dolchin (koritsa) - 25 gr
  • qavartma - 5 gr

Tayyorlash usuli

Birinchi navbatda quruq masalliqlarni aralashtiring. Bular un (480 g) va yumshatgich (5 g).

Mikser idishiga yumshoq sariyog‘ (225 g) va shakarni (225 g) soling.

Keyin ta’m va xushbo‘y hid uchun dolchin (15 g) soling.

Mikserni yoqib, hammasi bir xil massa hosil bo‘lgunga qadar yaxshilab aralashtiring.

So‘ng bittadan tuxum soling. Massa bir xil bo‘lishi kerak.

Endi quruq masalliqlarni solib, aralashtirishda davom ettiring.

Boshida yirik urvoqli xamir hosil bo‘ladi.

Keyin xamirni hech qanday qiyinchiliklarsiz dumaloq shaklga keltirishingiz mumkin.

Xamirni oziq-ovqat plyonkasiga o‘rab, yarim soatga muzlatgichga olib qo‘ying.

Ungacha qolgan shakar (75 g) va dolchinni (10 g) aralashtiring.

Xamirni muzlatgichdan olib, undan yong‘oq kattaligida zuvalachalar yasang. Ularni shakar va dolchinli aralashmaga botirib, orasi 3-4 sm qilib duxovkaga listiga terib chiqing.


200 gradus haroratda qizdirilgan duxovkaga qo‘ying.

Taxminan 10-12 daqiqa davomida pishiring. Eng muhimi ularni ko‘p vaqt duxovkaga qoldirmang. Ular qattiq va quruq chiqishi mumkin.