Vitaminli ichimlik
- Muallif: Бахтыев Олимжон Абдурубович
- Tayyorlash vaqti: 120 daq
- Toifa: Ichimliklar
- Taomning kaloriyaliligi: 40 ккал
- 2015-09-16 15:00:32
- 0
- 0
- 7214
Masalliqlar
- asal - 1 choy qoshiq
- sarimsoqpiyoz donasi - 1 dona
- na'matak - 1 osh qoshiq
- qaynatilgan suv - 250 ml
- limon - 25 gr
- zanjabil - 20 gr
Tayyorlash usuli
Qishning o‘rtasidan to bahorning o‘rtasigacha inson organizmi uchun nisbatan og‘ir bo‘lgan davr-yangi sabzovot va mevalar kam, bo‘lsa ham hammasi foydalilik darajasini saqlab qolmagan. Shuning uchun har kim o‘z taomnomasi tarkibiga vitaminli ichimlik va taomlarni kiritishi kerak.
Muntazam bu kabi vitaminli ichimlikni tayyorlab Siz immunitetingizni ko‘tarasiz va o‘zingizni shamollash va shu davr bilan bog‘liq boshqa nohush holatlardan asraysiz.
Tayyorlash tartibi
1. 2 santimetr zanjabil ildizini tozalab yupqa qilib kesiladi
2. Sarimsoq tozalanadi va maydalanadi.
3. Quritilgan namatak yuviladi va yuqoridagilar bilan birga termosga solinadi.
4. Ustidan qaynagan suv quyiladi va 2 soat damlanadi.
5. Tayyor ichimlik tindiriladi va unga asal, limon qo‘shiladi.
Bunday ichimlik inson organizmini qizdiradi, appetitni tushiradi. Ichimlik tarkibidagi sarimsoq esa umuman sezilmaydi, ammo immunitetni ko‘tarishdagi o‘z xizmatini bajaradi.